Mustaqillik tufayli O’zbekiston Respublikasida har bir yosh avlodning savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan yangi o’quv yilida 1-sinfga qadam qo’ygan jajji o’quvchilarga darslik va o’quv qurollarining sovg’a qilinishi buning isbotidir.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi – jajji o’quvchilar uchun ham ona, ham otadek, ularning bajarayotgan vazifasi o’ta ma’suliyatli.
Bilimlar guldastasini yanada boyitadigan, katta hayotda zarur bo’lajak yuksak malaka va mahoratni beradigan, maktabda eng zahmatkash, eng og’ir vazifani bajaradigan boshlang’ich sinf o’qituvchisi hisoblanadi.
Ana shu mehnat samarasini harbir o’qituvchi ko’rishni istaydi. Avvalo, o’quvchi savodni harflarni o’rganishdan boshlaydi. Mana o’quvchilar "Alifbe” kitobini yakunlab, "Ona tili” va "O’qish” kitoblarini o’qiy boshlashdi. Shu munosabat bilan Gurlan tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabida 1-sinf o’quvchilarining "Savodxonmiz endi bizlar” deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar o’z chiqishlari bilan qatnashdilar. Vatan, maktab, ustozni ulug’lovchi she’rlar aytdilar, harflarni ta’rifladilar. Jajji o’quvchilar o’zlarining raqslari bilan barchaga manzur bo’ldilar. Tadbir nihoyasida o’quvchilar o’zlari uchun aziz bo’lgan "O’ZBEKISTON” so’zini hosil qildilar.
Omanboyeva Nilufar, 1-sinf rahbari