Kitoblar- bizni ezgulikka chorlovchi mayoq.Kitoblar- hayot yo’limizda eng ulug’ ustoz.Har bir yosh avlodni kitob bilan do’stlashtirish, qahramonlari bilan oshno qilish maqsadida maktabimizda 5-sinfning "Barkamol avlod” va 6-sinfning "Shunqorlar” jamoalari o’rtasida "Kitoblar mamlakatida kitobxonlarmiz” mavzusida musobaqa bo’lib o’tdi.Musobaqada o’quvchilar uch shart bo’yicha bellashdilar:
1-shart:o’quvchilar o’zlari o’qigan asarlarining mazmuni haqida qisqacha mazmuni haqida ma’lumot berish;
2-shart:Bir asar bo’yicha savol-javob;
3-shart:o’qigan bir asari bo’yicha sahna ko’rinishi.
O’quvchilar birinchi shartda o’zlari o’qigan o’zbek va chet el adabiyoti namoyondalarining asarlari haqida ma’lumot berishdi.2-shartda 5-sinf o’quvchilari G’.G’ulomning "Shum bola” asaridan, 6-sinf o’quvchilari V.Yanning "Spartak” asaridan savollarga javob berishdi.3-shartda "Barkamol avlod” jamoasi A.Qahhorning "Ayb kimda?” hikoyasidan , "Shunqorlar” jamoasi G’.G’ulomning "Shum bola” asaridan sahna ko’rinishlarini ko’rsatdilar.
Musobaqada 6-sinfning "Shunqorlar” jamoasi g’olib bo’ldilar.Asosiy maqsad o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazib,kitobga mehr uyg’tishdir.Tadbirni tomosha qilgan o’quvchilar o’zlariga ibrat oldi degan umiddamiz.