Qaysi davlatda madaniyat,ma’naviyat va ma’rifat kuchli bo’lsa,tomirida qonlari jo’shib turgan yoshlar qo’llab –quvvatlansa ,o’sha yurtning kelajagi porloq bo’ladi,ertasi bundan ham gullab-yashnaydi.Barkamollik sari intilgan har bir yosh avlod ,avvalo, qalbida Vatan tuyg’usi ila yashaydi.Mamlakatimizda yosh avlodning ma’nan va jismonan yetuk,ma’naviy olamini kengaytirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli.Ana shunday imkoniyatdan foydalanib ,o’zlarining Vatanga bo’lgan muahabbatini o’z ijodlarida ko’rsata olgan ikki nafar yosh nihollarimiz bugun yuksak taqdirlandilar.
O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi vazirligi Respublika bolalar kutubxonasi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan " Mustaqillik madhi bolalar ijodida” respublika ijodiy ishlar ko’rik-tanlovida nasr-hikoya yo’nalishi bo’yicha maktabimizning 7-sinf o’quvchisi Matkarimova Hakima II darajali diplom va tasviriy san’at yo’nalishi bo’yicha 9-sinf o’quvchisi Xolboyeva Lobar III darajali diplom bilan taqdirlandilar.Bunday mukofot har bir o’quvchini quvontirdi,ayniqsa, g’olibalarimiz qalbini bir olam quvonchga to’ldirdi.Bu o’quvchilar keyingi ijodlarida Vatan ravnaqi,uning tinchligi haqida bundanda yuksak ijod mahsullarini yaratadi degan umiddamiz.Ularning nomlari yana ko’plab g’oliblar qatorida turishini tilab qolamiz.
Masharipova Mahfuza, ona tili va adabiyoti fani fani o`qituvchisi