gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti

       O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida” gi PF-2326-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 17 oktabr kuni tuman madaniyat uyida  tuman hokimligi bilan hamkorlikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralash tanlovi tuman bosqichi o`tkazildi. Tanlovda har bir maktabdan 5 nafar ijodkor qiz: adabiyot, san’at, madaniyat, ta’lim, fan yo`nalishlari bo`yicha ishtirokini ta’minlash so`ralgan edi.  Maktabimizdan ushbu tanlovda ishtirok etgan 9 sinf o`quvchilari Jumaboyeva Madina, Xaytboyeva Shahodat, Jumaboyeva Arjumand, Sapayeva Dilnoza, 8-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar o`z ijodiy ishlarini himoya qildilar. Yakunda "Fan” yo`nalishi bo`yicha qatnashgan Jumaboyeva Arjumand, "Madaniyat” yo`nalishi bo`yicha qatnashgan Xaytboyeva Shahodat, "Ta’lim” yo`nalishi bo`yicha qatnashgan Boboxo`jayeva Lobar ushbu tanlov tuman bosqichida II-o`rinni egalladilar. O`zining yuksak ma’naviyati va bilim olishga bo`lgan ishtiyoqi hamda "Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotining Gurlan tumani bosqichida faol qatnashganligi uchun Jumaboyeva Arjumand, Xaytboyeva Shahodat,  Boboxo`jayeva Lobar Gurlan tuman xotin-qizlar qo`mitasi va "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Gurlan tuman Kengashi faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]