"Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichida tumanimiz sharafini himoya qilgan maktabimiz 7-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar matematika fanidan 100 imkoniyatdan 92 ball to`plab umumta’lim maktablari o`rtasida IV-o`rinni, ixtisoslashtirilgan maktab o`quvchilari to`plagan ballarni ham qo`shib hisoblansa 11-o`rinni (21 o`quvchi) egalladi. Lekin umumta’lim maktablari uchun berilgan topshiriqlarga qaraganda ixtisoslashtirilgan maktablar uchun berilgan topshiriqlar soddaroq ekanini qanday tushunish mumkin. Lobar ixtisoslashtirilgan maktablar uchun berilgan topshiriqlarni to`g`ri, aniq va tez bajarib bildi. O`tgan yili viloyatda I-o`rinni egallagan o`quvchi bu yil nega bunday natija ko`rsatgani ko`pchilikni ajablantirayotgani tushunarli. Lekin bir sabab (bahona) sifatida o`quvchim bilan tayyorgarlik asosan 29-maktab eski binosi koridorida bo`lganini, u yerdagi shovqinning tayyorgalikka ta’sir ko`rsatganini, unda horg`inchilik bo`ldi va horg`inchilik pand berganini aytish mumkin.