gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » 8-dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

8-dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

 7-dekabr kuni maktabimizda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag`ishlab tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda maktab direktori Shuhrat Jumatov yig`ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlarning , yoshlar  uchun yaratilayotgan sharoitlarning asosida konstitutsiyamiz turishini ta’kidladi.

Maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Matmuratova Saida sinfi bilan ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik qilganliklarini o`z chiqishlari orqali namoyish qilishdi. O`quvchilar chiqishlarida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalaridan namunalar va she’rlardan aytdilar. 

Tadbirda  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag`ishlab "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida o`tkazilgan insho, ijodiy bayon, diktant, rasm tanlovlari, "Huquq bilimdoni” tanlovi ( o`quvchilarga 50 daqiqa ichida 50 ta test yechish topshirilgan)  g`oliblari taqdirlandilar.

G`oliblar bilan tarnishing:

*   Insho yo`nalishi

1.   Madaminova Muhabbat (8-sinf)

2.   Xaytboyeva Shahodat(8-sinf)

3.   Sapayeva Dilnoza(8-sinf)

*   Ijodiy bayon yo`nalishi

1.   Ataxanova Sevara (7-sinf)

2.   Amanboyeva Sohiba (6-sinf)

3.   Bobojonova Gulyor  (5-sinf)

*   Diktant yo`nalishi

1.      Do`simmetova Maftuna(4-sinf)

*    Rasm yo`nalishi

1.   Jumaboyeva Lobar(8-sinf)

2.   Yo`ldosheva Shohsanam(8-sinf)

3.   Sobirova Sohiba(8-sinf)

*   Huquq bilimdoni

1.      Jumaniyazov Jo`rabek (9-sinf) – I-o`rin

2.      Rajapov Alijon (9-sinf) – II-o`rin

3.      Quronboyev Rahmatjon (9-sinf)  – II-o`rin

4.      Davlatboyev Shahzodbek (9-sinf)  – II-o`rin

5.      Siytimmatova Zebo (9-sinf) – II-o`rin

6.      Yangiboyev Hasanboy (9-sinf)  – II-o`rin

7.      O`razmetova Yorqinoy (9-sinf)  – III-o`rin

8.      Xaytboyeva Shahodat (8-sinf) – III-o`rin.

Tadbirni maktab MMIB direktor o`rinbosari B. Kenjayev yopiq deb e’lon qildi.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]