*Forma kiygan o`quvchi ma’suliyatli bo`lib, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya etish majburiyatini his qiladi.
Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Xorazm viloyati umumta’lim maktablarida o`quvchi ma’naviy olamini boyitishga kiyinish jarayonini to`g`ri tashkil qilish orqali erishilayotgani xususida Gurlan tumanidagi 41-maktab direktori Shuhrat Jumatov shunday deydi:
*"Ma’rifat” gazetasi
2015-yil 10-may, №37 (8790)
O`quvchi libosi maktab muhitini sog`lomlashtiradi
Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Xorazm viloyati umumta’lim maktablarida o`quvchi ma’naviy olamini boyitishga kiyinish jarayonini to`g`ri tashkil qilish orqali erishilayotgani xususida Gurlan tumanidagi 41-maktab direktori Shuhrat Jumatov shunday deydi:
Maktabimizda ota-onalar va o`qituvchilar bilan kelishib, yangi forma tashkil etildi. Qizlar – oq kofta, to`q ko`k rangdagi yubka, o`g`il bolalar esa – oq ko`ylak, qora shimda maktabga kelishadi . Qizlar sochini yig`ishtirib, oq lenta taqishi va yubkasining uzunligi tizzadan yarim qarich pastda turishi kerak. Ota-onalar xursand. O`quv yili boshida kerakli matoni xarid qilib, fason va o`lchamlarini aytib buyurtma berdik. Kofta-yubkaning tannarxi 40 ming so`mga tushdi.
Har kuni ertalabki saflanishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosar, maktab yetakchisi va sinf rahbarlari bilan o`quvchilar kiyinishi, sochi va oyoq kiyimigacha ko`zdan kechiramiz. Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat institutini bitirgan sobiq o`quvchimiz Zokir Kenjayev yaqinda maktabimiz formasini ramziy belgi bilan boyitdi. Qalqonsimon ko`krak nishonida tuman nomi va maktabimiz raqami ko`rsatilgan. Bu o`quvchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko`rsatar ekan.