
Ижод бўстонига эндигина кириб келаётган 9-синф битирувчиси
Асалой Аматованинг шеърларини ўқир экансиз, муаллифнинг истеъдод эгаси, шеърларининг мазмундорлиги, ҳар бир мисранинг тархи тоза эканлиги сезилиб туради. Рисола Сизда илиқ таассурот қолдиради, деб ўйлаймиз
Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak.
Islom Karimov
Maktabda 2013 – 2014 – o`quv yilida Gurlan tumanining "Nukus”, "Shang`i”, "Birlashgan”, "Pulchi”, "Baynal”, "Soxu” hududlaridan jami 247 nafar o`quvchiga25 nafar ustozlar ta’lim – tarbiya berdilar. Bu yil ikki nafar o`quvchimiz matematika fanidan xalqaro olimpiada hal qiluvchi saralash bosqichida qatnashishi maktabda ta’lim – tarbiya ishlari to`g`ri olib borilayotganidan dalolatdir. Jumladan 7-sinf o`quvchisi Xaytboyev Xumoyun 2000 yil 1-avgustdan keyin tavallud topgan o`quvchilar o`rtasida Koreya davlatida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada I-saralash bosqichida respublika bo`yicha II-natija ko`rsatib Toshkent shahrida o`tkazilgan hal qiluvchi II-saralash bosqichida (Xorazmdan yagona vakil) ishtirok etdi. Maktabimiz bitiruvchisi bugungi kunda URDU qoshidagi 2-akademik litsey II-kurs o`quvchisi O`tamuratov Odilbek Afrika qit’asida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada hal qiluvchi saralash bosqichida (Toshkent shahri) qatnashdi.
Hamjihatlik va mehr-oqibat ifodasi
Yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillari Navro‘z bayramini har yili keng nishonlaydi. Ushbu umumxalq ayyomiga tayyorgarlik ishlari bu yil Prezidentimiz Islom Karimovning 24 fevralda qabul qilingan "2014 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.