gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: She`riyat gulshani

11-08-2014, 15:04
   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Ижод бўстонига эндигина кириб келаётган 9-синф битирувчиси

Асалой Аматованинг шеърларини ўқир экансиз, муаллифнинг истеъдод эгаси, шеърларининг мазмундорлиги, ҳар бир мисранинг тархи тоза эканлиги сезилиб туради. Рисола Сизда илиқ таассурот қолдиради, деб ўйлаймиз


--- :: Xayr, maktab – salom, kollej !

12-06-2014, 09:42

Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak.

Islom Karimov

Maktabda  2013 – 2014 – o`quv yilida Gurlan tumanining "Nukus”, "Shang`i”, "Birlashgan”, "Pulchi”, "Baynal”, "Soxu” hududlaridan jami 247 nafar o`quvchiga25 nafar ustozlar ta’lim – tarbiya berdilar. Bu yil ikki nafar o`quvchimiz matematika fanidan xalqaro olimpiada hal qiluvchi saralash bosqichida qatnashishi maktabda ta’lim – tarbiya ishlari to`g`ri olib borilayotganidan dalolatdir. Jumladan 7-sinf o`quvchisi Xaytboyev Xumoyun 2000 yil 1-avgustdan keyin tavallud topgan o`quvchilar o`rtasida Koreya davlatida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada I-saralash bosqichida respublika bo`yicha II-natija ko`rsatib Toshkent shahrida o`tkazilgan hal qiluvchi II-saralash bosqichida (Xorazmdan yagona vakil) ishtirok etdi. Maktabimiz bitiruvchisi bugungi kunda URDU qoshidagi 2-akademik litsey II-kurs o`quvchisi O`tamuratov Odilbek Afrika qit’asida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada hal qiluvchi saralash bosqichida (Toshkent shahri) qatnashdi. 

Yangiliklar :: Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida Navro‘zoldi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

18-03-2014, 11:06
 Hamjihatlik va mehr-oqibat ifodasi
Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida Navro‘zoldi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Shaharu qishloqlarda, mahallalar, mehnat jamoalarida erta tongdan hasharga chiqqan yurtdoshlarimiz hamjihat bo‘lib, hovli-joylar, ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘cha va guzarlar, ariq-zovurlarni tozalash, tabarruk qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirishga kirishdi.
Hashar – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Uning zamirida o‘zaro mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamjihatlik, insonparvarlik, shukronalik, obodlik, bunyodkorlik kabi ezgu g‘oyalar mujassam. Bunday qadriyatlar bugungi kunda ham inson kamoloti va jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotir.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish jarayonida ushbu qadimiy udumimiz yangicha mazmun-mohiyat kasb etmoqda. Bayramlarimiz arafasida umumxalq hashari o‘tkazish orqali yurtimizning barcha go‘shalarini obodonlashtirish, bog‘lar, yashil hududlarni kengaytirish ishlari amalga oshirilayotir. Mahallalarda zamonaviy bolalar o‘yin maydonchalari, sport-sog‘lomlashtirish maskanlari barpo etilmoqda, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Yangiliklar :: Navro‘z insonlarni yaqinlashtiradi

18-03-2014, 10:33
Yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillari Navro‘z bayramini har yili keng nishonlaydi. Ushbu umumxalq ayyomiga tayyorgarlik ishlari bu yil Prezidentimiz Islom Karimovning 24 fevralda qabul qilingan "2014 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Turli madaniy tadbirlar, xalq sayllarida barcha millat va elat vakillari ishtirok etmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq yashamoqda. Ularning o‘ziga xos madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi 140 dan ziyod milliy madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirib, ularni qo‘llab-quvvatlamoqda, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashmoqda.
Назад 1 ... 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]