2017 yilning 5-6-yanvar kunlari tumandagi 43 – ixtisoslashtirilgan
maktab internatda fan olimpiadasi tuman bosqichi o`tkazildi. Unda tumandagi 42
ta maktab 9-sinf o`quvchilari 13 ta fan bo`yicha bellashdilar. Maktabimiz
o`quvchilari 2 ta birinchi o`rinni qo`lga kiritdilar. Ingliz tili fanidan
Jumaboyeva Arjumand 87 ball, informatika fanidan O`ralov Jonibek 78 ball
to`plab tumanda I o`rinni egalladilar. Bu yutuqda ularning ustozlari ingliz
tili fani o`qituvchisi Gulbahor Artiqova, informatika fani o`qituvchisi Islom
Erjanovning hissalari katta bo`ldi.
2016
yilning 22 – 26- dekabr kunlari maktabimiz barcha sinflarida ota-onalar
yig`ilishlari o`tkazildi. Suhbatlarda asosiy e’tibor o`quvchilarning odob-ahloq
qoidalariga amal qilishi, maktabda belgilangan ichki tartib-intizomga bo`ysunishi, ta’lim muassasalarida mobil
aloqa vositalaridan foydalanish to`g`risidagi
qonunga so`zsiz itoat etishi, o`quvchilarning qishqi ta’til davrini
mazmunli o`tkazish haqida bordi.
Maktabning 6-sinf o`quvchisi O`rolboyev Suhrobjon sho`takan karate-do bo`yicha jahon chempioni bo`lishni o`z oldiga maqsad qilib, tayyorgarlik mashg`ulotlariga muntazam qatnashib kelmoqda. Viloyat birinchiliklarida 3 marta II o`rinni qo`lga kiritgan.