Milliy kurash faxrimiz
2015 yil 24 mart kuni Gurlan tumanidagi Maishiy xizmat kasb hunar kollejida 1996-1997 yilda tug`ilgan o`smir va qizlar o`rtasida Milliy kurash bo`yicha viloyat birinchiligi bo`lib o`tdi.
Musobaqada Xorazm viloyat Kurash Federasiyasi raisi Raimboy Sherjanov , tuman hokimi Qahramon Madrahimov, Xalqaro toifadagi hakamlar Mahmud Raximov, Bahodir Bekchanov, Husinboy Mengliyevlar ishtirok qildilar.
Musobaqada viloyatimizning tumanlaridan saralangan polvonlari qatnashib o`z vazn toifalari bo`yicha kuch va mahoratlarini yana bir bor sinovdan o`tkazdilar.
Kurash musobaqasida bizning 41- umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari ham qatnashib , muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Jumladan ikki nafar kurashchimiz 50 kg vazn toifasida qatnashib, Rimboyev Nodirbek ikkinchi o`rinni, Quranboyev Rahmatjon uchinchi o`rinni egalladilar va viloyat kurash federasiyasining faxriy yorliqlari va kumush, bronza medallari bilan taqdirlandilar.Viloyat birinchiligi g`oliblari joriy yilning 3-5 aprel kunlari Nukus shahrida bo`lib o`tadigan Respublika birinchiligiga yo`llanma oldilar.
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi a'lochisi Qudrat Rajapov
 
			     Davlat gerbi
 Davlat gerbi Davlat bayrog'i
 Davlat bayrog'i Davlat madhiyasi
 Davlat madhiyasi
 
     
 

 Bo'limlar
Bo'limlar