Men "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar” ko`rik-tanlovi fan yo`nalishi bo`yicha tuman bosqichida g`olib bo`lib, viloyat bosqichiga yo`llanma olgan edim. Urganch shahrida bo`lib o`tgan ushbu tanlov viloyat bosqichida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar orasida bo`lib, ular bilan yaqindan tanishdim. Bu tadbirda qatnashib o`zimning ingliz tili fanini qay darajada o`rganganimni bilib oldim. Mening hali o`rganishim kerak bo`lgan tushunchalar juda ko`p ekan.
Men u yerda yana bir – biridan mukammal san’at asarlarini ko`rdim. Ijodiy ishlar menga juda ham yoqdi. Men o`sha yerda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Shirinoy Rahimova bilan tanishdim. Men u bilan mana shu mukofot uchun qay darajada harakat qilgani haqida suhbatlashdim. Men ham u qizga o`xshashni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo`lishni dilimga tugib qo`ydim. Axir men u kabi mukofot sohibasi bo`lishim mumkin-ku ! Men endi butun o`quv yilida bor kuchim bilan harakatlanib keyingi yili ham bu tadbirga qatnashish uchun tayyorlanaman. Davlatimiz bizga yaratib bergan imkoniyatlardan unumli foydalanaylik. Kelajakda albatta Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo`laman. Jumaboyeva Arjumand, 8-sinf o`quvchisi.