VATANIM
Ko`zlarim dunyoga solganda nazar,
Seni ko`rib ko`ngil to`lar quvonchga.
Shundayin go`zal yurt bo`lurmi azal,
Bu yurtning orzusi tutash ishonchga.
O`zbegim, bu mening O`zbekistonim.
Ko`zlarimda jannat- sensan namoyon.
Meva bog`laringda o`sar daraxtlar,
Mana shu daraxtdek ko`p senda imkon.
Farzandlar doimo yoningda turib,
Sening uchun xizmat qilishar albat.
Bayrog`ing ko`klarda hilpirar mudom,
Tog`lardek viqoring, qadring ham baland.
Haqiqat, vatan-chun nima qildik biz.
Axir vatan uchun ynmoqlik kerak.
Vatanga xizmatda bukchaysa ham bel,
Vatan-chun jon berib turmoqlik kerak.
MUHAMMAD YUSUFGA
Qisqa yashasada umr bezagan,
Faqat-faqat yaxshilikni ko`zlagan,
U baxtni emas, baxt uni izlagan,
Muhammad Yusuf qaylarda qoldi?
Vatanin kuylab o`tgan bir umr,
Onasin o`ylab o`tgan bir umr,
Haqiqatni so`ylab o`tgan bir umr,
Muhammad Yusuf qaylarda qoldi?
Vatanin sevgan jonidan ortiq,
Hatto qilgan hayotin tortiq,
Hech kimdan o`zini bilmagan ortiq,
Muhammad Yusuf qaylarda qoldi?
U xuddi o`xshaydi kapalaklarga,
Qisqa yashasada gulzorin sevgan,
U xuddi o`xshaydi kamalaklarga,
She`riyatga ajib ranglar berolgan.
MATEMATIKA
Matematika- fanlarning shohi, sultoni,
Udir misol, masalalar asl makoni.
Tenglama, boshqotirma barchasi unda,
Turli xil jumboqlar bisyordir bunda.
Farg`oniy, Beruniy, Xorazimiylar,
Matematika faniga qo`shgandir hissa.
Yevklid yunonning mashhur olimi,
Topib bergan EKUBni topish yo`lini.
Massa, uzunlig-u, minut, daqiqa,
Matematikaga oid bular barchasi.
Qo`shish, ko`paytirish, bo`lish, ayirish
Shunchaki bu fanning kichik parchasi.
Matematika- o`zi fanlar yuragi.
Algebra, geometriya bir bo`laklari.
Bizlarga asosiy udir keragi,
Fizika, astronomiya uning do`stlari.
Fanlarning barchasi u bilan bog`liq,
O`qib-o`rgansak gar qiziqdir u xo`p.
Ne-ne allomalar topisholmagan
Ochilmayin yotgan qirralari ko`p.
MATEMATIKA DARSIDA
Matematika darsida hisoblashlar bo`ladi,
Ustozimiz to`satdan bizdan shuni so`radi:
,,Qani aziz o`quvchi, hisoblashni bildingiz,
Hayotda bu hisob qanday, qani bayon qilingiz’’.
Har kim har xil fikrlab, o`z fikrini bildirdi,
Ustozimiz to`satdan Nigorani turdirdi.
,,Qani ayt-chi Nigora hisoblashni kim topgan,
O`nli kasr ustida kimlarning boshi qotgan?’’
Nigora jim turardi, uyatdan yuz qizardi,
Sadoqatning shivirlashin hatto ustoz sezardi.
Nihoyat, Nigoraning gapirgani eshtildi,
Ustozning nigohidan xato aytganin bildi.
Butun sinf kulardi, hatto ustoz jilmaydi,
Nigora ne ahvolda , buni hech kim bilmaydi.
Yana savol berdilar bu safar qo`llar ko`kda,
Chunki, ustoz savolin bir qiyin joyi yo`qda.
Shahrizoda bu safar doska yonida turar,
,,Besh miqdor qoidasi’’ni juda aniq bayon qilar.
Uning yechgan misoli ,,5’’ bahoga loyiqdir,
Uning o`qishlarida bunday baholar ko`pdir.
Ustoz shu payt to`satdan hisoblashdan gapirdi,
Olimlarning ishlarin bizlarga bayon qildi:
,,Al-Koshiy bu buyuk inson, o`nli kasr yaratgan,
Butun dunyo ahlini shu mavzuga qaratgan.
Beruniy bobomizning ko`p masalasin ko`rdik,
Ammo ular ichida ,,Besh miqdor’’ni zo`r bildik.
Xorazmiyning ishlarin so`z yetishmas aytishga,
,,Al-jabr’’ning ishlarin to`liq bayon etishga.
Shuning uchun har doim hisoblashni bilinglar,
Matematika fanin puxta bilib olinglar’’.
Alqissakim, bu gapdan ko`plab fikr topdik biz,
Ko`plab ma`lumotlar-u, hisoblashni bildik biz.
Do`stlarim, har zamonda hisoblashlar kerakdir,
Fanlar bir tana bo`lsa, MATEMATIKA yurakdir.
TONG
Tog` ortidan ko`taradi bosh,
Yorishadi olam ham asta.
Chunki chiqar falakka quyosh,
Tong otadi yana bir pasda.
Quyosh ko`kka chiqishi bilan
Uyg`on/spanadi tabiat yayrab.
Go`zal borliq qo`nida navo,
Qushlar boshlar birma-bir sayrab.
Tong chiroyli havosi toza,
Boshlanadi tongda yangi kun.
Tongda tursak sog`-u salomat,
Bizlar uchun baxtli kun bugun.
TUN
Quyosh tog` ortiga ketadi sekin,
Shunda qorayadi asta-sekin kun.
Yorug`lik yo`qolmas shunda ham lekin,
Oy nurin sochadi, boshlanadi tun.
Osmonda porlaydi sonsiz yulduzlar,
Jonli tabiat ham tinib qoladi.
Jonzotlar uyquga ketishib shu on,
Indamay, jimgina orom oladi.
Odamlar uyquga ketishgan chog`da,
Men yotib, jimgina o`yga cho`maman.
Hayot juda qiziq, tabiat go`zal
Deya, ko`zlarimni asta yumaman.
Sokin tun qalbimga beradi orom.
DO`STLIK
Kimgadir ishonsang, u ham ishonsa,
Siringni aytganda, sir saqlay olsa,
Har qanday kunda ham yoningda tursa,
Mana shu haqiqiy do`stlik bo`ladi.
Har yerda tomoning olib yursa u,
Sen uchun yaxshilik qilib yursa u,
Seni deb boridan kechib tursa u,
Mana shu haqiqiy do`stlik bo`ladi.
QISHLOG`IMNING FAYZI SHUNDAY
BOSHQACHADA
Odamlari bir-birini hurmat qilar,
Bir-biriga har doimo sog`lik tilar,
Bolajonlar mazza qilib o`ynab-kular,
Qishlog`imning fayzi shunday boshqachada.
Har bir xonadonda mehr-oqibat bor,
Mehmon kelsa, bo`lishadi doim dastyor,
Gul qizlari or-nomusli, go`zal, dildor,
Qishlog`imning fayzi shunday boshqachada.
Yigitlari qirq hunarni bilishadi,
Qizlarni ham ancha hurmat qilishadi,
Alp qomatli , savlat bilan yurishadi,
Qishlog`imning fayzi shunday boshqachada.
Qarilar ham tinishmaydi hatto bir zum,
Mehnat qilar erta-yu kech, tinmay bir kun,
,,Qari bo`lsa, pari bo`lar’’ shuning uchun,
Qishlog`imning fayzi shunday boshqachada.
Ko`chalari toza erur, osoyishta,
Ayollari mehrlidur ham sarishta,
Keling, Lobar kutib olar bahor, qishda,
Qishlog`imning fayzi shunday boshqachada.
VATAN
O`zbekiston deya noming taralgan,
Senga ko`zlar havas ila qaragan,
Shundayin ulug`vor, hur makondirsan,
Vatan sen biz uchun jonajondirsan.
Ajdodlarim senda yashab o`tganlar,
Seni meros qilib tashlab ketganlar.
Seni asrash uchun jondan kechganlar,
Shundayin muqaddas bir makondirsan,
Vatan sen biz uchun jonajondirsan.
Samarqand, Buxoro hamda Xorazm,
Qadimiy, go`zal yurt Xivang bor azm,
Mrn sening qarshingda qilaman ta`zim,
Chunki sen shundayin hur makondirsan,
Vatan sen biz uchun jonajondirsan.
Yurtim, baland-baland binolaring bor,
Go`zalsan, bepoyon, bag`rikeng diyor,
Farzanding Lobar ham xizmatga tayyor,
Vatan, sen nomusim ham sha’nimdirsan,
Kundan-kun yashnagan gulshanimdirsan.