1968-yil Erkin Vohidov va Abdulla Oripov o`rtasida musobaqa bo`lib o`tdi. Bunga ko`ra Erkin Vohidov yoki Abdulla Oripov ikkalasidan bittasi olamshumul tarzda aytilgan she`r kerak edi. 1968-yillarda xalq juda iztirobli yasharda. Erkin Vohidov hamma narsadan bo`shab o`zining ish stolida o`tirar edi. Birdan uning xayoliga urushlar qadimgi ajdodlarimiz va bir qancha olamshumul narsalar birin-ketin o`ta boshladi. Birdan u ijod qilishga tushadi. Qarabsizki 4 qator she`r yozdi. Uning qofiya, turoq va vaznlarini tekshirib chiqdi va o`ziga-o`zi chakki emas deb yana davom etdi. Keyin soat kechki 21:00 ga bong urdi. Erkin Vohidov soatga bir qaradi. Shu tariqa Erkin Vohidov kechasi bilan o`tirib shu she`rni bitib chiqdi. Tongi payt radioda birinchi eshtilgan so`zni she`r nomiga qo`yaman dedida radioni shunday jumragini buragan ediki “O`zbegim” so`zini eshitdi. Keyin u she’riga “O`zbegim”nomini berdi. U ikki kundan so`ng sahnaga shahdam qadamlari bilan yurib keldi. Go`yoki u mana shu oyoqlari bilan bizni shu ahvolga solganlarni mana shunday qilib azoblamoqchiday bo`lib kelardi. ERKIN Vohidov shu tariqa sh`rni o`qiy boshladi. U she`rni shu tariqa o`qidiki, she`rning ichiga o`zi ham kirib qolganday bo’ldi. Sahnani kuzatib o`tirgan mashhur shoir va o`sha paytlarda mamlakatni boshqargan Sharof Rashidov ham o`tirar edi. Bir payt Erkin Vohidov she`rning oxirini shunday yakunladi:
BU QASIDAM SENGA, XALQIM,
OQ SUT-U TUZ HURMATI,
ERKIN O`G`LINGMAN, QABUL ET,
O`ZBEGIM, JON O`ZBEGIM .
Shu payt sahnani ko`rib o`tirgan muxlislar o`rinlaridan turib Erkin Vohidovni olqishlashdi. Shu darajada olqishlashdiki zal larzaga keldi. Hattoki devor naqshlari qarsak sadosidan o`pirilib ketdi. Qarsaklar to`xtaganidan keyin sahna ortidan endi navbat Abdulla Oripovga degan so`z eshtildi. Abdulla Oripov sahnaga hech vaqosiz chiqib keldi. U men yengildim, men bunaqa she`rni umrim bino bo`lib eshitmaganman. Men bu sh`rga javoban she’r ham topolmay qoldim va gapining oxirida sizlardan iltimos Erkin Vohidov yana sahnaga chiqib haligi she`rini o`qib bersinlar dedi. Shunda Sharof Rashidov ham Erkin Vohidovga qarab mayli dedi. Erkin Vohidov yana sahnaga chiqib o`sha she`rini o`qib berdi. Zal yana qarsaklar sadosidan larzaga keldi. Odamlar ikkinchi bor qarsak chalganda yig`lab yuboribdi. Sharof Rashidov esa tasanno, ofarin deb qarsak chalar edi. O`sha paytlar eng og`ir paytlar bo`lgan. Erkin Vohidov esa mana shu xalqning dardini o`z she’rlarida ifoda eta olgan edi. Shunday qilib hamma tarqaldi. Sharof Rashidov ham o`z uyiga kelgan mahal birdan telefon jiringlab qoldi va undan shunday gaplar chiqa boshladi:
-Здравствуйте, мы из посольства в Москве..
-Слушаю Вас!
-Поэт Эркин Вохидов своё стихотворение под названием “Узбегим” написал против нашей идеологии . Мы звоним по этому поводу.
-Нет это не так.
Va shunday dedida go`shakni qoyib qo`ydi.
Sharof Rashidovga telefon qilganlar Moskva elchixonasidan ekan. Ular shunday deyishgan ekan:
-Assalomu alaykum, biz Moskva ekchixonasidanmiz
-Eshitaman:
-Erkin Vohidov “O`zbegim “she`rini bizning mafkuraga qarshi yozgan ekan, shunga telefon qilyapmiz.
-Yo`q, unday emas deb go`shakni qo’yib qo’yadi. Ertasiga “O`zbegim” she’ri barcha viloyatlar gazetalarida bosmadan chiqdi. Erkin Vohidov bu” O`zbegim” she`rini qasida deya atay boshladi.
Mana hozir bu she’rning yozilganiga 49 yil bo`libdi. Bugun shu she’rni ifodali aytish bo`yicha maktabimizning 7-sinf o`quvchisi Matkarimova Hakima 1- o`rinni egalladi.
To`liboyev Botir, 7-sinf o`quvchisi (Ustozi Masharipova Mahfuzaning tavsiyasi asosida saytda e'lon qilinmoqda)