gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Qalbi quyoshday jo’shqin,mehribon bobojonim!

Qalbi quyoshday jo’shqin,mehribon bobojonim!


O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi, tavallud topgan kuni munosabati bilan maktabda “Qalbi quyoshday jo’shqin,mehribon bobojonim!” deb nomlangan tadbir tashkil qilindi.
Tadbir boshida davlatimiz madhiyasi yangradi, barcha qatnashchilar jo`r bo`lib madhiyani ijro qilishdi.
MMTIB direktor o`rinbosari B.Kenjayev so’zga chiqib, mustaqillik asoschisi bo’lmish Islom Abdug’aniyevich Karimov bosib o’tgan hayot yo’li, yurtimiz tinchligi uchun qo’shgan hissasi, ezgu ishlari haqida qisqacha aytib o’tdi.
Tadbirda 3-4sinf o’quvchilari Yo’ldasheva Shahribonu va Amanboyev Odilbeklar boshlovchilik qilishdi. 3-sinf o’quvchilari Islom Abdug’aniyevich Karimov hayoti, ilmiy faoliyati, siyosiy faoliyati haqida, uning davlatimiz mustaqil bo’lishidagi jasorati, 25 yil davomida davlatimizning tinchligi,osoyishtaligini saqlashdagi faoliyati,davlatimiz bayrog’ining dunyo minbarlarida hilpirab turishi va dunyo tan olgan davlatga aylantira olganligini aytib o’tishdi.
Tadbir davomida 3-sinf o’quvchilari Vatan haqida she’rlar aytdilar. O’quvchilar Islom Abdug’aniyevich Karimov yozib qoldirgan kitoblar nomlarini aytib o’tishdi. 3-sinf o’quvchilari “Vatanim” qo’shigiga raqsga tushdilar. Tadbir yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]