gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Mustaqil yurtimning-millat otasi

Mustaqil yurtimning-millat otasi

O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi, tavallud topgan kun munosabati bilan maktabda “Mustaqil yurtimning-millat otasi” deb nomlangan tadbir tashkil qilindi.
Tadbir boshida birinchi prezidentimiz hayotiga doir videoro’lik namoyish qilindi. Keyin maktab direktori Sh.Jumatov so’zga chiqib, mustaqillik asoschisi bo’lmish Islom Abdug’aniyevich Karimov bosib o’tgan hayot yo’li, yurtimiz tinchligi uchun qo’shgan hissasi,ezgu ishlari haqida qisqacha aytib o’tdi.
Tadbirda 10-sinf o’quvchilari Jumaboyeva Lobar va Xaytboyeva Shahodatlar boshlovchilik qilishdi. Boshlovchilar Islom Abdug’aniyevich Karimov hayoti, ilmiy faoliyati, siyosiy faoliyati haqida, uning davlatimiz mustaqil bo’lishidagi jasorati, 25 yil davomida davlatimizning tinchligi,osoyishtaligini saqlashdagi faoliyati,davlatimiz bayrog’ining dunyo minbarlarida hilpirab turishi va dunyo tan olgan davlatga aylantira olganligini aytib o’tishdi.
Tadbir davomida 10-sinf o’quvchisi Jumaboyeva M shoir Iqbol Mirzoning birinchi Prezidentimizga atalgan “Yodi hamisha yodda !” she’rini aytdi. 8-sinf o’quvchilari esa Islom Abdug’aniyevich aytib o’tgan gaplaridan keltirib o’tishdi. 9-sinf o’quvchilari O’razboyeva S,Masharipova S lar ham shoirlarimiz yozgan she’rlardan namunalar keltirishdi. Boboxo’jayeva L esa o’zining “Prezidentimga” deb atalgan she’rini aytib o’tdi. “Birinchi prezidentimiz Islom Karimov – mustaqilligimiz asoschisi” mavzusida 8-10-sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan insho tanlovi g`oliblari Sherimmatova Mahfuza (8-sinf), O`rozboyeva Sadoqat (9-sinf), Zaripova Zarina (8-sinf), Quronboyeva Mashhura (9-sinf) lar maktab faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]