gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » 1-oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni

1-oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni






 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

  
"1-oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o’tkazilgan tadbirni maktab MMIB direktor o`rinbosari B. Kenjayev ochib berdi. Maktab o’qituvchilar jamoasini ushbu qutlug’ ayyom bilan tabriklab, ularning yosh avlodni tarbiyalashdek mashaqqatli ishlarida omad tiladi. Butun O’zbekiston o’qituvchi va murabbiylarini ham ushbu ayyom bilan tabrikladi. Tadbirda 9-sinf o’quvchilari Abdrimova Zilola va Masharipova Sabina boshlovchilik qildi. Dastlab boshlovchilar ustoz, muallimlik kasbi mashaqqatli kasb ekanligi, ularni e’zozlash kerakligi hamda faxriy ustozlar haqida ma’lumot berib o’tdilar. Tadbirda 1,2,3,4-sinf o’quvchilari ustozlar haqidagi she’rlari bilan qatnashdi. Yuqori sinf o’quvchilari O’razboyeva Sadoqat,Tursunboyeva Iroda, To’liboyeva Zubayda, Nazarova Durdona tomonidan aytilgan ustozlarni madh etuvchi she’rlar ham barchaga manzur bo’ldi. Hamda maktabning faol o’quvchilaridan Jumaboyeva Arjumand va Jumaboyeva Madina tomonidan inglizcha tabrik bo’ldi. Tadbir davomida "1-oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan sport musobaqalari va o’quvchilar o’rtasida o’tkazilgan insho tanlovi g’oliblari maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar . Tadbir so’ngida "Ustozlar” qo’shig’i yangradi va maktab direktor o`rinbosari B. Kenjayev tadbirni yopiq deb e’lon qildi.
 
Maktab BT yetakchisi: D. Nurmetova
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]