Tadbir ochiq deb e’lon qilinib, O`zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro qilindi. Tadbirda maktab direktori Sh. Jumatov, tuman hokimi o`rinbosari Nigora Xaytimmetova, ota-onalardan X. Sherimova tabrik so`zlarini bildirdilar. Maktab o`quvchilari bayramga qarata yod olgan she’rlaridan aytdilar. 1-sinf o`quvchilariga president sovg`alari topshirildi. Yangi o`quv yili boshlanganligini bildiruvchi 1-qo`ng`iroq chalindi. Maktab direktori Sh. Jumatov tadbirni yopiq deb e’lon qildi.