Ulug’ ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz
so’zlashgan til- bizning qulog’imizga ona allasi bilan singan til. O’zbek tili dunyoning
eng qadimiy va boy tilidir. Bu tilning beqiyos imkoniyatlari qadimiy tosh bitiklarda,
xalqimizning zamonlar sinovidan o’tib kelayotgan maqol va hikmatli so’zlari, betakror
iboralari, qo’shig’-u dostonlarida yaqqol namoyon bo’lgan. Bu tilni ajdodlarimiz
qadrlaganidek ardoqlashimiz, uning boyishiga o’z hissamizni qo’shishimiz bilan birga,
tilimizning jozibadorligini yosh avlodga ko’rsata bilishimiz kerak. Ana shu maqsadda
bizning Gurlan tumanidagi 41-umumiy
o’rta ta’lim maktabida "Til-millat ko’zgusi”
deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda maktabimiz o’quvchilari o’z
chiqishlari bilan qatnashdi. Tilimizni ulug’lovchi she’rlar, uning tarixiga oid
chiqishlar o’quvchilarga manzur bo’ldi. Til bayramiga bag’ishlab maktabimizda
5-9-sinflar o’rtasida "Onatilim-jon-u dilim " mavzusida insho, hikoya va she’r tanlovlari
o’tkazilib, bugungi tadbir so’nggida g’olib bo’lgan o’quvchilar taqdirlandilar.
Insholar tanlovida 1-o’rinni 9-sinf
o’quvchisi Artiqboyeva Maftuna va 6-sinf o’quvchisi Matkarimova Hakima, 2-o’rinni
9-sinf o’quvchisi Jumaboyeva Lobar, 8-sinf o’quvchisi Ataxonova Sevara va 6-sinf
o’quvchisi Omonboyev Nodirbek, 3-o’rinni
8-sinf o’quvchisi Masharipova Sabina, 7-sinf
o’quvchisi Nazarova Durdona va 6-sinf o’quvchisi Boboxo’jayev Quvondiqlar egalladilar.
She’riyat yo’nalishi bo’yicha 1-o’rin
9-sinf o’quvchisi ZaripovaYulduz va 6-sinf o’quvchisi Bobojonova Gulyor, 2-o’rinni 9-sinf o’quvchisi Jumaboyeva Lobar va 5-sinf
o’quvchisi Atajonova Mahliyo, 3-o’rinni 6-sinf o’quvchisi Boboxo’jayev Quvondiqlar egalladilar.
Hikoyalar tanlovida esa 1-o’rinni 9-sinf o’quvchisi Jumaboyeva Lobar va 6-sinf
o’quvchisi Bobojonov Doniyor,2-o’rinni 9-sinf o’quvchisi Artiqboyeva Maftuna va
6-sinf o’quvchisi Shomuratova Gulchiroylar egalladilar va tadbir so’nggida g’oliblar
maktabimiz faxriy yorliqlari bilan mukofotlandilar.