gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida "Bilimlar bellashuvi" davom etmoqda.

Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida "Bilimlar bellashuvi" davom etmoqda.

8 may kuni tumandagi 23-UO`T maktabida 21, 23, 29, 30, 31, 41 - umumiy o`rta ta'lim maktablarining 3, 4 - sinf o`quvchilari o`rtasida ona tili va 3-sinf o`quvchilari o`rtasida ingliz tili fanlaridan "Bilimlar bellashuvi" hududiy bosqichi o`tkazildi. Har bir maktabdan har bir sinf bo`yicha ona tili fanidan 4 nafardan o`quvchi, ingliz tili fanidan 3 nafar o`quvchi o`z imkoniyatlarini sinovdan o`tkazdi. Kuchli ikkilikka kirgan maktab jamoasi keyingi bosqichga yo`l oldi. Jumladan maktabimiz sha'nini ona tili fanidan himoya qilgan 4-sinf jamoasi umumiy 296 ball (1. Abdirimova Munosiba-61 ball, 2. Tursunboyeva Aziza-80 ball, Aatajanova Mahliyo-75 ball, Do`simmatova Maftuna-80 ball, o`qituvchi: Qurbonboyeva Oygul ) top`lab birinchi o`rinni egalladi va bellashuvning keyingi bosqichiga yol` oldi. Ingliz tili fanidan qatnashgan 3-sinf jamoasi 2-o`rinni egallab, ular ham keyingi bosqichga chiqishdi.   Ona tili fanidan 3-sinf jamoasi afsuski 4-o`rinda qolib ketdi. Keyingi bosqichga yo`l olgan o`quvchilarga tayyorgarliklarini puxta qilib, muvaffaqiyatli ishtiroki etishlarini tilaymiz.
Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]