gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » Jo`rabek I-o`rinni egalladi.

Jo`rabek I-o`rinni egalladi.

 Boshlang`ich ta’lim bitiruvchilari, ya’ni 4-sinf o`quvchilari o`rtasida   ona tili va adabiyoti hamda matematika fanlaridan fan olimpiadasi tuman bosqichi o`tkazildi. 27-mart kuni o`tkazilgan olimpiadada ona tili va adabiyoti fanidan maktabimiz sha’nini  himoya qilgan Do`simmetova Maftuna Hamdam qizi II-o`rinni egalladi va TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi, matematika fanidan maktabimiz sha’nini himoya qilgan Komiljonov Jo`rabek Zoir o`g`li 4-o`rin bilan cheklangan edi. Matematika fanidan o`tkazilgan olimpiadada kuchli o`nlikdan o`rin olgan o`quvchilar o`rtasida 3-aprel kuni qayta  olimpiada o`tkazilib, unda maktabimiz o`quvchisi Jo`rabek I-o`rinni egalladi. Ushbu yutuqlarda 4-sinf rahbari, boshlang`ich ta’lim fani o`qituvchisi Yusupova Gulasalning xizmatlari katta bo`ldi. Yosh ustoz(pedagogik staj:4 yil)imizni ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz.

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]