Musobaqa quyidagi shartlar asosida o`tkazildi:
1. Jamoaning tanishtiruv qismi (5 daqiqa, 7 ballik tizimda baholanadi)
2. Umumiy o`rta ta’lim bo`yicha 16 ta fandan saylangan 3 ta fan bo`yicha 21 ta savolga javob berish
a) Matematika. Masala ( 5 daqiqa, 7 ball)
b) Geografiya. Tezkor savol javob( 7 ta savol, 7 ball)
c) Musiqa. Tezkor savol-javob ( 7 ta savol, 7 ball)
3. "Bahri bayt”. (5 daqiqa, 7 ball)
4. Boshqotirma. (5 daqiqa, 7 ball)
5. Rasmga qarab hikoya tuzish (ingliz tilida, 10 daqiqa, 7 ball)
Musobaqada matematika fanidan masala "Abituriyent” gazetasidan olingan bol`sa, geografiya va musiqa fanlaridan oldindan tayyorlangan va guruhlarda oldindan mavjud bo`lgan 100 tadan savollar ichidan olindi. Musobaqada musiqa fanidan guruhimiz o`quvchisi past ball top`lashiga sabab musiqa fani bo`yicha faqat ikki nafar o`quvchi tayyorgarlik qilgani va ular ham matematika, geografiya fanidan musobaqada qatnashishi ma’lum bo`lgach tayyorgarlik ko`rmagan o`quvchi bahsda qatnashgan va past ball top`lagan. Bunda barcha ayb ikki maktab yetakchilari zimmasiga tushadi. Chunki ular aynan shu holda ya’ni matematika va geografiya fanlari bo`yicha bellashuv o`tkazilishi ma’lum bo`lgan holda uchinchi bir o`quvchi musiqa fanidan guruh sha’nini himoya qilishi kerakligini e’tiborga olmagan. Rasmga qarab hikoya tuzish shartida o`quvchimiz berilgan rasmga doir hikoya tuzishi kerak bo`lgani holda mavzuga yetarlicha yondashib hikoya tuza olmagan, Ona tili va adabiyoti, ingliz tili fani o`qituvchilari o`quvchilarda hikoya tuzish bo`yicha bilim, ko`nikma, malaka hosil qilishlari talab etiladi. Boshqotirma shartida ham o`quvchimiz yaxshi qatnasha olmadi. Lekin shuning bilan bir qatorda "Bahri bayt” shartida o`quvchimiz raqiblari bilan teng kurasha olganligini, matematika va geografiya fanlaridan guruhimiz sha’nini himoya qilgan o`quvchilar raqiblaridan ustun kelganligini ham e’tirof etish kerak. Yakunda "Birlashgan” guruhi tumanda ikkinchi o`rinni egalladi.
Bellashuvda1-,6-,19-maktablar o`quvchilaridan tuzilgan "Taraqqiyot” guruhi
g’olib bo’ldi va viloyatdagi tumanlar o`rtasida bo`lib o`tadigan musobaqada tumanimiz sharafini himoya qiladilar.Biz bu jamoaga ushbu musobaqada omad tilab qolamiz !.
"Birlashgan” guruhi a’zolari:
1. Erkayev Jonibek(41-maktab, 9-sinf , rasmga qarab hikoya tuzish shartida guruh sha’nini himoya qildi, guruh sardori);
2. Xaytboyev Xumoyun(41-maktab, 9-sinf, matematika fanidan guruh sha’nini himoya qildi)
3. Sobirov Sirojiddin(29-maktab, 9-sinf)
4. Davlatboyev Shahzod(41-maktab, 9-sinf, boshqotirma sharti bo`yicha guruh sha’nini himoya qildi)
5. Atajanov Og`abek(41-maktab, 9-sinf, geografiya fanidan guruh sha’nini himoya qildi)
6. Qurolboyeva Maftuna(29-maktab, 8-sinf, "Bahri bayt” sharti bo`yicha guruh sha’nini himoya qildi)
7. Xaytboyeva Shahodat(41-maktab, 8-sinf, musiqa fanidan guruh sha’nini himoya qildi)
"Nihol” guruhi a’zolari:
1. Eshimmetov Jamshid(27-maktab, 9b-sinf)
2. Matsapayeva Feruza(27-maktab, 9a-sinf)
3. Haydarova Muhsina(26-maktab, 9d-sinf)
4. Aminova Xosiyat(26-maktab, 9a-sinf)
5. O`razboyev Sanjar(9-maktab, 9a-sinf)
6. Aminova Lobar(9-maktab, 9a-sinf)
7. Sobirova Gulzira(9-maktab, 9a-sinf)
"Taraqqiyot” guruhi a’zolari:
1. Soliyeva Maftuna(6-maktab, 9-sinf)
2. Amanboyev Qahramon(6-maktab, 9-sinf)
3. Iskandarova Umida(6-maktab, 9-sinf)
4. Sobirova Dildora(1-maktab, 9-sinf)
5. Soliyeva Aminajon(6-maktab, 9-sinf)
6. Zaripova Laylo(6-maktab, 9-sinf)
7. Umrboyev Yashnarbek(19-maktab, 8-sinf).
Yuqorida nomlari zikr etilgan barcha o`quvchilar Gurlan tumani XTMFMTTEB faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.
|   
				 Maktab 
 Fan  |   
			  
				 Tanishtiruv  |   
			  
				 Matematika  |   
			  
				 Musiqa  |   
			  
				 Geografiya  |   
			  
				 Bahri bayt  |   
			  
				 Boshqotirma  |   
			  
				 Hikoya tuzish 
 
  |   
			  
				 Jami ball  |  
		
|   
				 Birlashgan  |   
			  
				 6  |   
			  
				 6  |   
			  
				 1  |   
			  
				 7  |   
			  
				 7  |   
			  
				 4  |   
			  
				 4  |   
			  
				 35  |  
		
|   
				 Nihol  |   
			  
				 6  |   
			  
				 4  |   
			  
				 1  |   
			  
				 4  |   
			  
				 7  |   
			  
				 2  |   
			  
				 2  |   
			  
				 26  |  
		
|   
				 Taraqqiyot  |   
			  
				 6  |   
			  
				 4  |   
			  
				 6  |   
			  
				 6  |   
			  
				 7  |   
			  
				 7  |   
			  
				 6  |   
			  
				 42  | 
		
			    
 Davlat gerbi
 Davlat bayrog'i
 Davlat madhiyasi
    

Bo'limlar