gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

O`yla, izla, top !

    Shu yilning 18-yanvar kuni maktabimizda qishlog`imizda joylashgan 29 va 41- maktablar o`quvchilaridan tashkil topgan "Birlashgan” hamda "Guliston” qishlog`i maktablari o`rtasida g`oliblikni qo`lga kiritgan 33-sonli maktabning "Yog`du” guruhlari o’rtasida "O’yla,izla, top!” musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqa Xorazm viloyat Xalq Ta’limi Boshqarmasining 2016 yil 2 yanvardagi "Xorazm viloyati umumiy o`rta ta’lim maktablarining o`quvchilari o`rtasida "Oyla, izla, top !” intellektual musobaqasini tashkil etish va o`tkazish to`g`risida” gi 1-sonli buyrug`i ijrosini ta’minlash maqsadida, nizom va belgilangan tartib bo`yicha o`tkazildi. 

    Musobaqa quyidagi shartlar asosida o`tkazildi:

1.    Jamoaning tanishtiruv qismi (5 daqiqa, 5 ballik tizimda baholanadi)

2.    Umumiy o`rta ta’lim bo`yicha 16 ta fandan saylangan 3 ta fan bo`yicha 21 ta savolga javob berish

a)    Kimyo. Masala ( 3 daqiqa, 5 ball)

b)   Tarix. Tezkor savol javob( 7 ta savol, 7 ball)

c)    Iqtisod. Test( 7 ta test, 7 ball)

3.     "Bahri bayt”. (5 daqiqa, qatnashchi 2 bor o`z navbatini raqib jamoa a’zosiga o`tkazishi mumkin, 3-chi bor she’r topib bilmasa o`yin tugatiladi,  7 ball)

4.    Boshqotirma.  (5 daqiqa, 7 ball)

5.    Rasmga qarab hikoya tuzish (chet tilida, 10 daqiqa, 5 ball)

,

Mmaktab

 

Fan

Tanishtiruv

kimyo

Tarix

Iqtisod

Bahri bayt

Boshqotirma

Hikoya tuzish

 

 

Jami ball

B             Birlashgan

5

2

3

4

7

7

5

33

Y              Yog`du

3

0

5

4

6

3

4

25

 

Bellashuvda 29, 41-maktablar o`quvchilaridan tuzilgan "Birlashgan”  jamoasig’olib bo’ldi va keyingi bosqichga yo`l oldi.

"Birlashgan” guruhi a’zolari:

1.    Erkayev Jonibek(41-maktab, 9-sinf , rasmga qarab hikoya tuzish shartida guruh sha’nini himoya qildi, guruh sardori);

2.    Xaytboyev Xumoyun(41-maktab, 9-sinf, boshqotirma sharti bo`yicha guruh sha’nini himoya qildi)

3.    Sobirov Sirojiddin(29-maktab, 9-sinf, kimyo fanidan guruh sha’nini himoya qildi)

4.    Davlatboyev Shahzod(41-maktab, 9-sinf, iqtisod fanidan guruh sha’nini himoya qildi)

5.     Atajanov Og`abek(41-maktab, 9-sinf)

6.    Qurolboyeva Maftuna(29-maktab, 8-sinf, "Bahri bayt” sharti bo`yicha guruh sha’nini himoya qildi)

7.    Xaytboyeva Shahodat(41-maktab, 8-sinf, tarix fanidan guruh sha’nini himoya qildi)

Musobaqada quyidagi savollar o’ynaldi:

Kimyo. Masala.

79 g kaliy permanganat  xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishganda necha mol xlor gazi hosil bo`ladi ?

Tarix. Tezkor savol-javob

1.    Jamiyat rivojlanishida ro`y beradigan tub sifat o`zgarishi, eski jamiyatning ag`darilishi nima deb ataladi ? (inqilob)

2.    VII asrda Vizantiyada ixtiro qilingan, uloqtiriladigan yonuvchi modda bo`lib uni neft, oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasidan tayyorlashgan, Vizantiya harbiy kemalarida foydalanilgan. U nima ? ( grek olovi)

3.    Urushda yetkazilgan zarar o`rnini qoplash uchun mag`lub davlat tomonidan to`lanadigan to`lov ? (kontributsiya)

4.    1826 – 1860 – yillarda Buxoro amirligida oily hukmdor, ya’ni amir kim bo`lgan ? ( Amir Nasrullo)

5.    O`z mustaqilligini saqlab qolgan holda biror-bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi qanday nomlanadi ? (konfederatsiya)

6.     Osiyo paxtasining vatani qayer ? ( Hindiston)

7.    Amir Temur va Boyazid o`rtasidagi Anqara jangi nechanchi yilda bo`lib o`tgan ? (1402 yil)

 

I Q T I S O D

1.    Har qanday tizim oldida turgan eng asosiy muammo – bu:

A)  ishlab chiqarish  B) cheklanganlik   C) iste’mol    D) taqsimot

2.    Firma yil davomida 5000000 so`m xarajat qilib 1250000 so`m sof foyda  oldi. Firma yillik faoliyatining samaradorligini toping.

A)  125 %    B) 50 %   C) 25 %  D) 150 %

3.    Pul qanday xususiyatlarga ega bo`lishi kerak

A)  Qulay va ixcham  B) pishiq va barqaror  C) soxtalashtirish qiyin                              D) yuqoridagilarning barchasi

4.    Qaysi holatda mehnat unumdorligi yuqori

A)  14 ishchi 140 ta detal tayyorladi  B) 8 ischi 96 ta detal tayyorladi                         C) 10 ishchi 105 ta detal tayyorladi  D) 21 ta ishchi 200 ta detal tayyorladi

5.    Ishlab chiqarish samaradorligi birinchi yili 15% ga, ikkinchi yili 12 % ga ortdi. Shu ikki yil ichida samaradorlik necha foizga ortgan  ?               

A) 27  B) 28,8  C) 28   D) 27,8

6.  Fuqarolardan qanday soliq undiriladi ?                                                                                      A) daromad solig`i         B) daromad va mulk solig`i                                                                                       C) daromad, mulk va yer solig`i    D) daromad, mulk va ekologiya solig`i

7. Qadimgi Misrda pul vazifasini nima o`tagan ?                                                                       A) choy   B) teri   C) tuz  D) bug`doy

 

t/r

1

2

3

4

5

6

7

javob

B

C

D

B

B

C

D

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

B O SH Q O T I R M A

1

2

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4

 

 

 

 

 

 

5

 

 

 

 

 

6

 

 

 

 

 

 

7

 

 

 

 

 

 

 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]