Mazkur sana 2001 yil sentabr oyida BMTga a'zo barcha davlatlar tomonidan "BMT Xalqaro tinchlik kuni" to'g'risidagi 1981 yil 30 noyabrda bo'lib o'tgan Bosh Assambleyaning 36-sessiyasida rezolyutsiyasi bir ovozdan qabul qilingan bo'lib, Dastlab bayram sentyabr oyining uchinchi seshanbasida, ya'ni BMT Bosh assambleyasi har yilgi sessiyasining ochilish kuni nishonlangan. Xalqaro tinchlik kunini 21 sentabr kuni o'tkazish qarori BMT Bosh assambleyasining 2001 yil 28 sentabrdagi 55-sessiyasida qabul qilingan. Xalqaro tinchlik kuni – 2002 yilning 21 sentabridan buyon nishonlanib keladi. Ushbu sana bosh assambleya tomonidan butun dunyoda kuch ishlatishdan voz kechish va alangani to'xtatish kuni sifatida e'lon qilingan. Jumladan barcha davlatlarga shu kuni harbiy harakatlarni to'xtatish tavsiya etilgan.
Shu bilan bir qatorda har yili 21 sentyabr kuni BMT da an'anaviy tarzda Tinchlik qo'ng'irog'i oldidagi marosimdan boshlanuvchi turli tadbirlar o'tkaziladi. Marosimda BMT Bosh kotibi o'z nutqini yakunlagach, qo'ng'iroqni chaladi.
Qayd etish joizki, dunyoning turli burchaklarida tez-tez tahlikali vaziyatlar sodir bo'lib turgan ayni zamonda yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda. Tinch, osoyishta, farovon hayotda yashash baxtidan masrur xalqimiz qalbida doimo dorilomon kunlarga shukronalik hissi jo'sh uradi.