gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: Men sevgan adabiy qahramon

13-01-2019, 20:35


Bugungi kunda yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida Respublika miqyosida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Shulardan :,,Men sevgan adabiy qahramon’’ mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida 41-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Zaripova Zarina ushbu tanlovning maktab, tuman, viloyat bosqichlarida faxrli I o’rinni egallab, Respublika bosqichida qatnashish sharafiga muyassar bo’ldi.

Yangiliklar :: Kombinatorika elementlari bilimdoni

7-12-2018, 22:44
Tumanning 29,30,41-maktablari va Gurlan xizmat ko`rsatish va transport kolleji o`quvchilari o`rtasida "Kombinatorika elementlari bilimdoni" tanlovi o`tkazildi. Afsuski bu tanlovda g`olib aniqlanmadi, to`g`rirog`i tanlovda qatnashgan o`quvchilar minimal 76 % natija ko`rsatib bilmadilar. O`ylaymizki, ular bu ko`rinishdagi misollar yechilish usullarini puxta o`rganadilar va keyingi tanlovlarda yuqori natija ko`rsatadilar.

Yangiliklar :: Iste’dodlar bo’y cho’zmoqda

1-12-2018, 14:23
Kundan kun rivojlanib dunyo nigohi qaratilayotgan yurtimizda yangidan yangi iste’dodli yoshlar o’z kuch va bilimlarini ko’rsatmoqdalar.Har bir shijoatli yosh avlod uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz ko’plab topiladi.Ular turli tanlov, musobaqalarda qatnashib yuqori o’rinlarni egallamoqda va mehnatlari uchun taqdirlanmoqdalar.

Yangiliklar :: Do`stlik

1-12-2018, 14:21
Bizlar hali yosh edik. U paytlar juda og`ir vaqtlar edi. Mening bitta do`stim bor edi. U juda qizziqqon bola edi. U paytlar juda og`ir bo`lgani uchun bir burda non uchun kecha-yu kunduz tinmay yelib –yugurar edik. Do`stim bilan oilamiz uchun bir-ikki so`m bo`lsin deb har xil ishlarni qilar edik. Na ovqatimizni na yotarimizning tayini bor edi. Ertalab oyimiz yopgan qo`limizning kaftiday keladigan zog`ora nonini olib yesak to kechgacha yetardi. Do`stim bilan nimaiki qilmaylik oxiridagi noni yoki pulini teng ikkiga bo`lar edik. Hechqachon bir-birimizga xiyonat qilmaganmiz.

Yangiliklar :: I-chorak yakunlandi. Sarhisob...

3-11-2018, 13:54
​​​​Choraklik davomida o`quvchilarimiz erishgan yutuq va muvaffaqiyatlari uchun tuman xalq ta’limi bo`limi, tuman hokimligi, viloyat hokimligi faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig`ining “Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida fanlarni namunali o`zlashtirayotgan, ijobiy xulq-atvori, a’lo baholarga o`qishi bilan boshqalarga o`rnak bo`layotgan yoshlarni rag`batlantirish to`g`risida” gi 2018 yil 26 oktabr112 buyrug`iga asosan Viloyat hokimi faxriy yorlig`iga tavsiya etilgan va taqdirlangan o`quvchilar:
1.Matkarimova Hakima G`ayrat qizi (8-sinf)
Erishgan yutug`i: “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ijodiy ishlar respublika ko`rik-tanlovining viloyat bosqichida 2-o`rin;
2.Boboxo`jayeva Lobar Oybek qizi (10-sinf)
Erishgan yutug`i: Islom Karimov asarlari bilimdoni tanlovining viloyat bosqichida 2-o`rin.
Назад 1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 60 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Март 2025 (2)
Февраль 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]