Ko`rik tanlovda qatnashuvcilar 4 ta shart bo’yicha bellashdilar.
1-shartda o`quvchilarning ota-onalari o`zi hayoti davomida o`qigan kitoblari ro`yxatini tayyorlab berdi.O`qigan badiiy adabiyotlari orasida o`ziga eng yoqqan asarlarining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berishdi.
2-shartda Qatnashuvchi o`quvchilar hakamlar hay’ati tomonidan tayyorlangan 5ta savollarga javob berishdi.
3-shartda O`quvchilar o`zi o`qigan ertak yoki hikoya mazmuni aks etgan rasm chizishdi.
4-shartda O`qigan badiiy kitoblari orasida o`ziga eng yoqqan ertak yoki hikoya mazmuni haqida ifodali qilib sozlab berdi.
Tanlovda 4-sinf o`quvchisi Gulmirzayev Behruzbek 39 ball to’plab 1-o`rinni egalladi va tanlovning tuman bosqichida qatnashishi bildirildi. Mehnat fani o`qituvchisi O.Qurbonboyeva tanlovning murosasiz bo`lganligi va 4-sinf o’quvchisi Gulmirzayev Behruzbek tuman bosqichida qatnashib maktabimiz sharafini munosib himoya qilishini ta`kidladi.
Maktabda o`tkazilgan tanlovda faol ishtirok etib 1-o`rinni egallagan Gulmirzayev Behruzbek sinf rahbari Yaxshimova Feruza va kutubxonachi O`tamuratova Xurshida tomonidan tuman bosqichiga tayyorgarlik ko`rishi va tuman bosqichida ishtirokini ta`minlash vazifasi yuklatildi.














