VATANIM
Ko`zlarim dunyoga solganda nazar,
Seni ko`rib ko`ngil to`lar quvonchga.
Shundayin go`zal yurt bo`lurmi azal,
Bu yurtning orzusi tutash ishonchga.
VATANIM
Ko`zlarim dunyoga solganda nazar,
Seni ko`rib ko`ngil to`lar quvonchga.
Shundayin go`zal yurt bo`lurmi azal,
Bu yurtning orzusi tutash ishonchga.
Gurlan tumani 41–umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilari tomonidan
2013 – 2014 - o`quv yilida viloyat va respublika miqyosidagi tanlovlarda erishilgan
Y U T U Q va M U V A F F A Q I Y A T L A R.
1. "Vatan uchun yashaylik” Respublika she’riyat ko`rik-tanlovi viloyat bosqichi.
Amatova Gulasal( 9 – sinf) – g`olib.
VXTB va O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo`limi faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
XAYOLIMDA YASHAYSAN MANGU
Bir og`ir karvonni olib ketyapman
G`amlardan kuyib men hijron cho`lida.
Majruh yuragimda dardning tikoni
Nishon izlayapman qalbing yo`liga.
Sening qadamingda jannati gullar
Xush bo`yin qiladi olamga ko`z-ko`z.
Mening qadamimda ingrar xazonlar
Armonni quchoqlab faryod chekar kuz.
Yig`layman…ko`zimdan ko`zyoshlar emas,
Dilda dardlrimdan qonlar oqadi.
Qalbimda bo`y cho`zgan armon gullari
Maysiz jom singari unsiz boqadi.
Juda uzun-uzun yo`ldan ketyapman ,
Bir nishon topmasdan qalbingga tomon…
Maxzun xayolimda yashaysan mungu,
Sening mehring menga bo`lsa ham armon.