gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» Материалы за Февраль 2019 года

Yangiliklar :: Matematika saltanati

27-02-2019, 17:00
2019 yil 27 fevral kuni "Fevral oyi - matematika va informatika fanlari oyligi" munosabati bilan maktabimizda "matematika saltanati" nomli tadbir o`tkazildi. Tadbirni 10-sinf o`quvchilari Boboxo`jayeva Lobar, Quronboyeva Mashhura, Nazarboyeva Zeboxon, Ataxanova Sevara tayyorlagan ssenariy asosida matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5a​ sinf o`quvchilari​​​ o`tkazishdi. 


Yangiliklar :: Mantiqiy masalalar bilimdoni

24-02-2019, 06:09
"Fevral oyi -matematika. informatika fanlari oyligi munosabati bilan maktabimizda 2019 yil 22 fevral kuni "Mantiqiy masalalar bilimdoni" tanlovi o`tkazildi. Unda 5-11-sinf o`quvchilari qatnashishi rejalashtirilgan edi. Jami 13 ta mantiqiy masala berilgan bo`lib, 5-sinf o`quvchilari shundan 10 tasini o`zlari uchun belgilab olishlari, 6-,7- sinf o`quvchilari 11 ta, 8-,9-sinf o`quvchilari 12 ta, 10-,11-sinf o`quvchlari 13 ta masalani ham yechishlari kerak edi. Buning uchun o`quvchilarga ikki o`quv soati vaqt ajratildi. O`quvchilarimiz tomonidan ko`rsatilgan natijani yaxshi deb bo`lmaydi, lekin shu ko`rinishdagi tanlovlarni o`tkazish, natijalarni tahlil qilish. O`quvchilar bilan birga shu ko`rinishdagi masalalarni yechish jarayoni  ularda matematika faniga bo`lgan qiziqishni yanada oshiradi deb o`ylayman.

Yangiliklar :: Maktabimizga "Ixtisoslashtirilgan" maqomi qaytarilmoqda

18-02-2019, 06:40
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 29-30- noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari yig`ilishi bayonida ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish bo`yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi YO`L XARITASI ning 95-bandida belgilangan vazifalar: “Xorazm viloyatining intelektual salohiyatini hamda boy tarixini inobatga olgan holda 2019 yilni Xorazm viloyatida “Xalq ta’limi muassasalarida aniq fanlar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanlarini o`qitish sifatini yuqori darajaga ko`tarish, iqtidorli o`quvchilarni har tomonlama qo`llab quvvatlash, ijodiy salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Shovot, Xozarasp, Gurlan, Yangibozor tumanlarida aniq fanlar va axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo`nalishida ixtisoslashtirilgan sinflar va maktablar tashkil etish; Shovot tumanidagi 7-sonli, Yangibozor tumanidagi 7-sonli maktablarda aniq fanlarga ixtisoslashgan sinflar, Xozarasp tumani 21-maktab filialida, Gurlan tumanidagi 41-maktablarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo`nalishida ixtisoslashtirilgan sinflarni tashkil etish” ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil yanvar oyida maktabimizda matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5a-sinf tashkil etildi. Hozir bu sinf o`quvchilari haftasiga 7 soatdan matematika fanini  o`rganishmoqda.


Yangiliklar :: Oliy oquv yurtiga kirish test savollariga tayyormisiz ?

16-02-2019, 20:54
Maktabimizda o`quvchilarning oliy o`quv yurtlariga kirish test savollariga tayyorgarlik darajasi aniqlanib borilmoqda. Bu o`quvchilarning bilim darajasiga to`g`ri baho berish, ularning javob varaqalariga javoblarni tushish ko`nikmasini shakllantirish vazifasini bajaradi. O`ylaymizki, o`quvchilarimiz test sinovlaridan o`zlariga to`g`ri xulosalar chiqaradilar va tayyorgarlik jarayoniga jiddiy kirishadilar.
oliy-oquv-yurti-test-sinovi-2019-16-02.rar [16,76 Kb] (cкачиваний: 27)

Yangiliklar :: "Muhammad al-Xorazmiy" nomli olimpiadaning dastlabki 1-bosqich natijalari e'lon qilindi

15-02-2019, 11:58
2019 yil 11 fevral kuni "Muhammad al-Xorazmiy" nomli olimpiadaning dastlabki 1-bosqich natijalari e'lon qilindi. Viloyat Xalq Ta'lim Boshqarmasi Urganch Davlat Universiteti bilan hamkorlikda matematika fanidan “Al-Xorazmiy olimpiadasi”ga saralash bosqichi 8 yanvar kuni soat 13:00 da Olimpiadaning tuman bosqichini o‘tkazilayotgan binoda bo‘lib o‘tdi. “Al-Xorazmiy olimpiadasi”ga saralash bosqichida o‘tgan o‘quv yili
9 sinf o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasining matematika fani bo‘yicha tuman bosqichida birinchi beshtalikka kirgan o‘quvchilar va 11 sinf o‘quvchilarining barchasi qatnashishi shartligi belgilandi. Olimpiada dastlabki saralash bosiqchida viloyatning 447 nafar 10-11-sinf o`quvchilari qatnashdi. Unda maktabimiz 10-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 50 imkoniyatdan 40 ball to`plab 1-o`rinni egalladi.olimpiada_dastlabki_natizhalari_10.rar [46,9 Kb] (cкачиваний: 100)


  
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]