2017 yil 20 oktabr kuni maktabimizning 3-sinfida "Ona tiliga ehtirom !" mavzusida namunaviy ma'naviyat soati o`tkazildi. Ma'naviyat soati tdbir tarzida o`tkazilib, o`quvchilar "21-oktabr - o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" ga bag`ishlab sinf rahbari Yaxshimova Feruza boshchiligida puxta tayyorgarlik ko`rishgan. Ular o`zbek tilini madh qiluvchi she'rlardan, ibratli hikoyatlardan yod aytib berishdi, shuningdek sahna ko`rinishlari ko`rsatildi.