gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» » "Ota-onalarga umumiy o`rta ta’lim muassasalari jamoasining 2018 yilga mo`ljallangan reja va ustuvor vazifalarining taqdimoti” mavzusida o`tkazilgan ota-onalar yig`ilishi

"Ota-onalarga umumiy o`rta ta’lim muassasalari jamoasining 2018 yilga mo`ljallangan reja va ustuvor vazifalarining taqdimoti” mavzusida o`tkazilgan ota-onalar yig`ilishi

2018 yil 20 yanvar maktab ma'naviyat zalida ota-onalar yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Yig`ilish raisi: Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori Sh. Jumatov
Yig`ilish kotibi: 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B. Kenjayev
Yig`ilish qatnashdi: Maktab direktori Sh. Jumatov, MMIBDO` B. Kenjayev, maktab yetakchisi D. Nurmetova, maktab amaliyotchi psixologi D. Shomuratova, Nukus mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, mahalla maslahatchisi D. Erimmetova, 10 nafar sinf rahbari, 123 nafar ota-ona, jami 138 kishi.
Kun tartibidagi masala:
1. Ota-onalarga umumiy o`rta ta’lim muassasalari jamoasining 2018 yilga mo`ljallangan reja va ustuvor vazifalarining taqdimoti
Eshitildi:
Yig`ilishni maktab direktori Sh. Jumatov ochib berdi va yig`ilishda qatnashishi kerak bo`lgan shaxslar haqida ma’lumot berildi. Yig`ilish mavzusi va maqsadi bilan tanishtirdi. Yuqoridagi mavzu yuzasidan maktab direktori Sh. Jumatov xalq ta’limi vazirligi tomonidan berilgan tavsiya asosida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi o`z ma’ruzasida “Bugungi taqdimotimiz kun tartibiga bugungi kunda eng dolzarb bulgan 3 ta masala kiritilgan.
Birinchi masala - farzandlarimizning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar va ularning yechimi to`grisida.
Ikkinchi masala - maktabda o`quvchilar davomatini ta’minlash va ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora- tadbirlarning natijadorligi hamda kelgusidagi vazifalar to`grisida.
Navbatdagi masala - kelgusida Siz ota-onalar va biz ta’lim muassasasi xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirishimiz lozim bulgan ishlarimiz to`grisida.
Avvalambor, maktabimiz haqida qisqacha to`xtalib o`tsam. Maktab 1990 yil qurilgan, 2016 yilda kapital ta’mirlangan. Maktabimiz quvvati 320 o`quvchi o`ringa mo`ljallangan bo`lib, bugungi kunda 310 nafar o`quvchilar ta’lim-tarbiya oladi. Bu esa bino quvvatiga nisbatan kontingent 0,97 koeffitsientni tashkil etadi. Maktabda jami 10 ta sinflar bo`lib, ulardan 5 tasi boshlangich, 5 tasi yuqori sinflardan iborat.
Shuningdek, maktabimizda 27 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritadi. Ulardan 11 nafari mutaxassis, 7 nafari 2-toifali,5 nafari 1-toifali, 4 nafari oliy toifali o`qituvchilardan iborat. Bu ko`rsatkich, uncha maqtangulik darajada emas, chunki ayrim pedagog kadrlarimizning o`z toifa ko`rsatkichlarini oshirishga intilishlari sust. Bundan ko`rinib turibdiki ayrim pedagoglarimiz o`z ustida ishlashlari borasida loqaydlik bilan yondashayotgan holatlar xam mavjud. Shuningdek, chizmachilik fani o`qituvchisiga ehtiyoj mavjud. Bu ham ta’lim sifatiga ta’sir ko`rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Maktabda jami 30 ta turli xil to`garaklar mavjud. Shundan 21 tasi fan, 4 tasi sport yo`nalishi bo`yicha hamda 5 tasi qizlarjon to`garaklaridir.
Barcha pedagoglarga bugundan boshlab har bir fan o`qituvchisi haftasiga bepul, yana bir marotaba takrorlayman bepul tugaraklar tashkil etadi. Ushbu to`garaklarga o`quvchilarning qatnashini ta’minlashda sizlarning hamkorlik qilishingizni so`rayman. Agarda ushbu jarayonga hamkorlikda yondashar ekanmiz, farzandlarimizni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda, ularning fanga yoki biror bir kasbga, hunarga bo`lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishda hissa qo`shamiz.
Shu o`rinda bir savol tugildi. Kim farzandining oxirgi marta qachon va qanday badiiy kitob o`qiganini biladi?
Ma’lumki, badiiy adabiyot o`quvchining fikrlash doirasini, nutqini, dunyoqarashini hamda savodxonligini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Xozirda, maktabimiz kutubxonasida jami 1446 ta badiiy adabiyotlar va mutolaa uchuy sharoitlar mavjud. Lekin dars mashg`ulotlaridan keyin kutubxonada o`tirgan o`quvchilar kamchilikni tashkil etadi.
Hurmatli ota-onalar, keling bu borada bir-birimizdan ayb qidirmasdan, birgalikda farzandlarimizning kitob mutoalasiga bo`lgan qiziqishini kuchaytiraylik, o`zlarimiz ma’lum darajada o`rnak bo`laylik. Ularning badiiy asar yoki adabiyot o`qishlarini yo`lga qo`yaylik. Maktabda, uyda, oilaviy suhbat jarayonida farzandlarimiz bilan ular o`qigan badiiy kitoblari hakida fikrlashaylik. Ularning o`qigan asaridan olgan taassuroti, ularning asar qahramonlari va undagi holatlarga bo`lgan munosabatini eshitishga harakat qilaylik.
Yana muhim masalalardan biri - bu bolalarimizning dars mashgulotlariga qatnashi hamda fanlardan berilgan uy vazifalarini o`z vaqtida bajarishlari ham talab darajasida emas.
Oxirgi marotaba farzandangizni maktabga qanday o`quv qurollari olib ketayotganini yoki qaysi fandan qanday uy vazifasi berilganligini nazorat qilganingizni eslay olasizmi?
Bugundan boshlab o`quvchilarning mustaqil ishlashini va izlanishini ta’minlash uchun ularga fanlardan beriladigan uy vazifalariga mavzuga oid darslikda qayd etilmagan qo`shimcha adabiyotlar yoki boshqa manbalar asosida tayyorlashlarini va uy vazifalarining bajarilishi bo`yicha o`qituvchilardan ota-onalar bilan hamkorlikda qat’iy ravishda kundalik nazorat o`rnatishini talab qilaman.
Davomat masalasida ham maktabimizda ayrim xato va kamchiliklarga yul qo`yilmoqda. Ya’ni farzandlarmizning sababsiz dars qoldirayotgan vaziyatlarda biz pedagoglar panja ostidan qarayotgan holatlar ham yo`q emas. Shu o`rinda, har bir pedagog va ota-onadan o`quvchilarning dars mashgulotlariga o`z vaqtida kirishlarini nazorat qilishlarini so`rab qolaman.
Maktabimizning tuman miqyosida o`tkazilayotgan fan olimpiada yoki turli tanlovlardagi natijalariga to`xtalsak, 4 nafar o`quvchi tuman fan olimpiadasida g`olib bo`ldi. 2 nafar o`quvchimiz ko`rik tanlov respublika bosqichida g`olib bo`lgan bo`lsa, 3 nafar o`quvchimiz viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. . Iktidorli oquvchilarmizni qiziqishlaridan kelib chiqib ularning qiziqishlarini rag`batlantirib borishimiz, ularning qiziqishi va iqtidorini namoyon etishlariga shart-sharoitlar yaratishimiz kerak. Ushbu yo`nalishda ishlarni samarali tashkil etishda albatta, Siz ota-onalar bilan yakin hamkorligimiz yanada asqotadi.
Hurmatli ota-onalar, maktabimizning kiraverishida fikr-mulohazalar uchun quti tashkil etilgan. Bu bejizga emas. Tashkil etilishidan asosiy maksad maktabdagi mavjud sharoit, ta’lim-tarbiya jarayoni va mavjud muammolarni bartaraf etish bo`yicha sizning fikr mulohazalaringiz va takliflaringizni yozma ravishda xohlang anonim tarzda, xoxlang ochiq; oydin tarzda olish va birgalikda yechimini topishdan iborat deb bilaman.
Afsuski, ushbu masalada xam ota-onalarimiz va pedagoglarimiz tomonidan sustkashlik mavjud.
Hurmatli ota-onalar, sizlardan quyidagi yo`nalishlarda fikr va takliflaringizni kutib qolamiz:
-maktabda bolalar ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart- sharoitlar, muammolar va yechimi;
-o`quvchilar davomati, uni yanada yaxshilash;
-dars jarayonlarining tashkil etilishi, mavjud muammolar va ularning yechimi;
-ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora- tadbirlarning natijadorligi, yaxshilash bo`yicha takliflar;
-ota-onalar va ta’lim muassasa hamkorligi va uni yanada mustaxkamlash to`grisida va hakozo.
Biz ishonamizki, maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilash bo`yicha o`z fikr-mulohazalaringizni bildirasiz va albatta “Fikr - muloxazalar” kutisida Sizning fikr-muloxazalaringiz va o`rinli takliflaringizni olib o`qib, birgalikda maktabdagi ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada yaxshilashga erishamiz.
Yig`ilishda yuqoridagi masala yuzasidan muzokaralarda Nukus mahalla fuqarolar yig`ini raisi Gulmirza Jumaniyazov, mahalla imomi O`rolboy Xo`jametov, ota-onalardan Muhabbat Abdullayeva, Hamro O`razmetov fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yig`ilishni maktab direktori Sh. Jumatov yopiq deb e’lon qildi.
Yuqorida ko`rilgan masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi.
Yig`ilish qarori:
1.Bola ta’lim tarbiyasida maktab-oila-mahalla hamkorligi samarali tashkil qilinsin ;
2.O`quvchilarning to`garaklarga qatnashishi, uy vazifalarini bajarishi o`qituvchi va ota-onalar tomonidan nazoratga olinsin;
3.Yuqoridagini nazorat qilish maktab direktori Sh. Jumatovga yuklatilsin.





Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]