2018 yil 31 oktabr kuni maktab ma'naviyat zalida "Maktabning eng kitobxon o`quvchisi" ko`rik-tanlovi o`tkazildi. Ko`rik-tanlov 1-bosqichi ikki hafta oldin o`tkazilgan bo`lib unda maktabning 38 nafar o`quvchisi 30 ta o`zbek adabiyoti va 10 ta jahon adabiyoti asarlari bo`yicha tuzilgan 80 ta test savoliga javob bergan edilar.Keyingi bosqichlarga Test natijasiga ko`ra eng yuqori ball to`plagan 5 nafar o`quvchi to`plagan bali bilan yo`l oldi. Yakunda eng yuqori ball to`plagan 10-sinf o`quvchisi Masharipova Sabina g`olib deb topildi va maktab faxriy yorlig`i, 200000 UZS bilan taqdirlandi.
O’quvchimning kelajagi uchun Yurtimizda unib-o’sib kelayotgan iste’dodli , yosh nihollar juda ko’p.Ana shu nihollarni to’g’ri parvarish qilib, hayotda nimagadir erishishlarida biz ustozlar yo’l boshlovchi mayoq bo’lishimiz kerak.
“Dono nashriyoti” tomonidan ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy nashrlarni o‘quvchilar orasida targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovda o‘quvchilarimiz faol ishtirok etdi.
Maktabimiz 8-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Mohinur "Quyoshli" oromgohida dam oldi va yangi xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan imzolangan diplom bilan taqdirlandi.
Innovatsion olimpiada tuman bosqichida maktabimiz ikki nafar o`quvchisi 9-sinf o`quvchilari Lobar Boboxo`jayeva va Lobar Xolboyeva g`oliblar safidan joy olishdi. Lobar Boboxo`jayeva matematika fanidan I o`rin, Xolboyeva Lobar chizmachilik fanidan faxrli III o`rinni egalladi. Ularga innovatsion olimpiada viloyat bosqichida omad tilaymiz.