gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» Материалы за Январь 2018 года » Страница 2

Yangiliklar :: Fan olimpiadasi tuman bosqichi yakunlandi

11-01-2018, 13:58
Fan olimpiadasi tuman bosqichida ishtirok etgan 25 nafar o`quvchidan 4 nafari sovrindor bo`ldi. Matematika fanidan maktabimiz sha'nini munosib himoya qilgan 9-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar I-o`rinni, geografiya fanidan 9-sinf o`quvchisi Bekimmetov Jahongir II-o`rinni, 10-sinf o`quvchisi  Madaminova  Muhabbat III-o`rinni, ingliz tili fanidan 10-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Arjumand III-o`rinni egalladi. Umumiy holda maktabimiz o`quvchilarining fan olimpiadasi tuman bosqichidagi qatnashishini muvaffaqiyatli deb bo`lmaydi.


Yangiliklar :: Sirdaryolik xalq ta'limi xodimlari Xorazmda

9-01-2018, 14:16
Sirdaryo viloyati TXTB mudirlari, maktab direktorlaridan tashkil topgan guruh 7-9-yanvar kunlari Xorazmda bo`lishdi. Jumladan 8-yanvar kuni Gurlan tumanining 30, 41, 37, 28, 6, 5 - maktablarida bo`lgan Sirdaryolik mehmonlar maktablarda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, fidoiy ustozlarning ish tajribalaridan bahramand bo`lishdi.


Yangiliklar :: Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada

6-01-2018, 16:02
Matematika fanidan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik butun viloyatimizda qizg`in bormoqda. 2017 yil  25 dekabr kuni ushbu xalqaro olimpiada maktab bosqichi 2004 yil 25 iyuldan keyin tug`ilgan o`quvchilar o`rtasida o`tkazilib, unda maktabning 21 nafar iqtidorli o`quvchilari ishtirok etishdi. 1-o`rinni 6-sinf o`quvchisi Komiljonov Jo`rabek 70 ball bilan, ikkin va uchinchi o`rinlarni 7-sinf o`quvchisi Boboxo`jayev Quvondiq va 6-sinf o`quvchisi Po`latov Farrux 60 ball bilan egalladilar. Ular maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Назад 1 2 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Октябрь 2023 (3)
Сентябрь 2023 (2)
Июнь 2023 (1)
Май 2023 (3)
Апрель 2023 (1)
Март 2023 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]