Ta’lim maskanidagi zamonaviy shart-sharoitlar
o`qituvchi va o`quvchilarni yangi maqsadlar asri ruhlantiradi. Gurlan
tumanidagi 41-umumiy o`rta ta’lim maktabi ham kapital ta’mirlash ishlaridan
so`ng zamonaviy o`quv dargohiga aylandi. 29 nafar pedagog xodim va 271 nafar
o`quvchidan iborat ahil jamoa yangi o`quv yilini zo`r ishtiyoq va ko`tarinki
kayfiyatda boshlagani o`tgan choraklar davomida o`quvchilarning o`zlashtirish
samaradorligi oshishida muhim omil bo`ldi. Yangi binoda yaratilgan
sharoitlarning ta`lim-tarbiya sifatiga ta`siri tez orada yaqqol ko`zga ko`rina
boshladi.
2017 yilning 5-6-yanvar kunlari tumandagi 43 – ixtisoslashtirilgan
maktab internatda fan olimpiadasi tuman bosqichi o`tkazildi. Unda tumandagi 42
ta maktab 9-sinf o`quvchilari 13 ta fan bo`yicha bellashdilar. Maktabimiz
o`quvchilari 2 ta birinchi o`rinni qo`lga kiritdilar. Ingliz tili fanidan
Jumaboyeva Arjumand 87 ball, informatika fanidan O`ralov Jonibek 78 ball
to`plab tumanda I o`rinni egalladilar. Bu yutuqda ularning ustozlari ingliz
tili fani o`qituvchisi Gulbahor Artiqova, informatika fani o`qituvchisi Islom
Erjanovning hissalari katta bo`ldi.
2016
yilning 22 – 26- dekabr kunlari maktabimiz barcha sinflarida ota-onalar
yig`ilishlari o`tkazildi. Suhbatlarda asosiy e’tibor o`quvchilarning odob-ahloq
qoidalariga amal qilishi, maktabda belgilangan ichki tartib-intizomga bo`ysunishi, ta’lim muassasalarida mobil
aloqa vositalaridan foydalanish to`g`risidagi
qonunga so`zsiz itoat etishi, o`quvchilarning qishqi ta’til davrini
mazmunli o`tkazish haqida bordi.