gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Yangiliklar :: Fan olimpiadasi tuman bosqichi yakunlandi

11-01-2018, 13:58
Fan olimpiadasi tuman bosqichida ishtirok etgan 25 nafar o`quvchidan 4 nafari sovrindor bo`ldi. Matematika fanidan maktabimiz sha'nini munosib himoya qilgan 9-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar I-o`rinni, geografiya fanidan 9-sinf o`quvchisi Bekimmetov Jahongir II-o`rinni, 10-sinf o`quvchisi  Madaminova  Muhabbat III-o`rinni, ingliz tili fanidan 10-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Arjumand III-o`rinni egalladi. Umumiy holda maktabimiz o`quvchilarining fan olimpiadasi tuman bosqichidagi qatnashishini muvaffaqiyatli deb bo`lmaydi.


Yangiliklar :: Sirdaryolik xalq ta'limi xodimlari Xorazmda

9-01-2018, 14:16
Sirdaryo viloyati TXTB mudirlari, maktab direktorlaridan tashkil topgan guruh 7-9-yanvar kunlari Xorazmda bo`lishdi. Jumladan 8-yanvar kuni Gurlan tumanining 30, 41, 37, 28, 6, 5 - maktablarida bo`lgan Sirdaryolik mehmonlar maktablarda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, fidoiy ustozlarning ish tajribalaridan bahramand bo`lishdi.


Yangiliklar :: Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada

6-01-2018, 16:02
Matematika fanidan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik butun viloyatimizda qizg`in bormoqda. 2017 yil  25 dekabr kuni ushbu xalqaro olimpiada maktab bosqichi 2004 yil 25 iyuldan keyin tug`ilgan o`quvchilar o`rtasida o`tkazilib, unda maktabning 21 nafar iqtidorli o`quvchilari ishtirok etishdi. 1-o`rinni 6-sinf o`quvchisi Komiljonov Jo`rabek 70 ball bilan, ikkin va uchinchi o`rinlarni 7-sinf o`quvchisi Boboxo`jayev Quvondiq va 6-sinf o`quvchisi Po`latov Farrux 60 ball bilan egalladilar. Ular maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Yangiliklar :: 2017 -yilda ijtimoiy ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi bo`yicha II-yarim yillikda o`tkazilgan tanlov g`oliblari taqdirlandi.

25-12-2017, 11:24
2017-yilda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini xalq ta'limi tizimida ijrosini ta'minlash bo`yicha belgilangan tadbirlar rejasi sentabr - dekabr oylarida o`tkazilgan tanlovlar g`oliblari taqdirlandi.





Yangiliklar :: Alifbe bayrami

23-12-2017, 16:23
Yosh avlodning o`qib, harf tanishida muallimlarning o`rni beqiyosdir. Buning uchun o’qituvchilar ancha mehnat va mashaqqat qiladilar.
Maktabimizda 2017-yil 23-dekabr kuni 1-sinf o`quvchilarining “Biz ham savodxon bo`lib qoldik” mavzusida tadbiri tashkil qilindi.


Назад 1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 58 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]