2016-yil 4-iyun kuni sirtqi fan olimpiadasi
yakuniy 4-tur o`tkazildi. Sirtqi olimpiada dastlabki uchta turi bo`yicha
matematika, fizika, kimyo, informatika fanlaridan kuchli 25 talikka kirgan o`quvchilar berilgan
2,5 soat mobaynida soat 9:00 dan 11:30 gacha tashkiliy
qo`mita tomonidan tuzilgan 5 tadan masalani yechdilar. Maktabimizdan dastlabki
uch tur bo`yicha 4 nafar o`quvchimiz kuchli uchlikdan joy olishdi. Jumladan
matematika fanidan Xaytboyev Xumoyun 180 ball bilan I-o`rin, kimyo fanidan
Shahzod Davlatboyev 259 ball bilan II-o`rin, Azimboy Eshchanov 186 ball bilan
III-o`rin, fizika fanidan Bobur Yo`ldoshev 86 ball bilan III-o`rinni
egallashdi.