gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» Последние публикации на сайте » Страница 57

Yangiliklar :: "Bilimlar bellashuvi" Respublika bosqichi

19-06-2015, 19:10
Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida joylashgan R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida "Bilimlar bellashuvi" Respublika bosqichi 16 - 17 - iyun kunlari aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar yo‘nalishida o`tkazildi.

Yangiliklar :: Bitiruvchi - 2005

1-06-2015, 15:03

 2015 yil 30 may kuni maktabimizni 2005 yil tamomlagan bitiruvchilarning 10 yillik uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuvda 21 nafar sobiq maktab bitiruvchilari, ularga ta'lim bergan ustozlar jamoasi qatnashdi. Uchrashuvni maktab direktori Shuhrat Jumatov ochib berib, maktabimizni 2005 yilda tamomlagan "87" larning  ilm olishga bo`lgan intilishi, turli tadbirlar, tanlovlar, fan olimpiadalarida erishgan yutuq, muvaffaqiyatlariga to`xtalib o`tib, jumladan quyidagi fikrlarni bildirdi: Bu bitiruvchilarimizning 90 % i o`qishlarini davom ettirib oliy ma'lumotga ega bo`ldi, o`sha davrda qishloq ahli orasida "litseyda o`qisang bo`ldi, o`qishga kirasan" degan tushuncha paydo bo`lishiga sababchi bo`ldilar ( 1993 yilda tashkil topgan maktabimiz oldin 3-litsey deb atalgan, hozirgi kunda ham xalq orasida maktabimizga nisbatan litsey so`zi ishlatiladi). 

Yangiliklar :: "Bilimlar bellashuvi" viloyat bosqichi yakunlandi.

29-05-2015, 06:13

 "Bilimlar bellashuvi" viloyat bosqichi Xiva tumanidagi 12-maktabda 27-28-may kunlari bo`lib o`tdi. Unda maktabimiz o`quvchilaridan Quronboyeva Mashhura(rus tili, 6-sinf), Boboxo`jayeva Lobar(matematika, 6-sinf), Davlatov Dilshod(informatika, 8-sinf), Xaytboyev Xumoyun(matematika, 8-sinf) tumanimiz sharafini munosib himoya qildilar. 8-sinf o`quvchilari Xaytboyev Xumoyun va Davlatov Dilshod faxrli III-o`rinni qo`lga kiritgan bo`lsa, 6-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar 100 imkoniyatdan 100 ball top`lab, I-o`rinni qo`lga kiritdi.  

Yangiliklar :: “Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid solmasin” mavzularida yig`ilish o`tkazildi.

23-05-2015, 18:37
Maktabimizda 2015-yil 23-may kuni "Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish”, "Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid solmasin” mavzularida yig`ilish o`tkazildi.
 

Yangiliklar :: O`quvchi libosi odmi, qulay va arzon bo`lishi kerak

15-05-2015, 00:00
 
*Forma kiygan o`quvchi ma’suliyatli bo`lib, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya etish majburiyatini his qiladi.
*"Ma’rifat”  gazetasi                2015-yil 10-may, №37 (8790)
       O`quvchi  libosi maktab muhitini sog`lomlashtiradi
 
Назад 1 ... 53 54 55 56 57 58 59 60 61 ... 70 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Май 2025 (1)
Март 2025 (2)
Февраль 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]