Matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5a-, 6a-sinflarda matematika fanidan "Bilimlar bellashuvi" 1-sinov bosqichi o`tkazildi. 2019 yil 25-26-oktabr kunlari o`tkazilgan sinovda 5a-sinfning 21 nafar o`quvchisi qatnashib unda Aminboyeva Durdona 1-, Otaxanov Javohir 2-, Ataxanov Asadbek, Gulmirzayev Behruz 3-o`rinni egalladilar va maktabning faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanishdi. 2019 yil 1-2-noyabr kunlari 6a-sinfda o`tkazilgan bellashuvda shu sinfning 25 nafar o`quvchisi va 7,8,9,10-sinflardan 12 nafar, jami 37 nafar o`quvchi bilimlarini sinovdan o`tkazdilar. Bellashuvda g`olib bo`lgan 6-sinf o`quvchilari: O`razmetov Jo`rabek (1-o`rin) , Davlatboyev Azizbek (2-o`rin), Yangiboyev Bunyod (3-o`rin) maktab faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanadigan bo`lishdi.