Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni tanlashning tuman bosqichi 17 oktabr 2017 yil tumandagi 9-son musiqa va san’at maktabida o`tkazildi. Tadbirda tuman xotin –qizlar qo`mitasi raisi, hokim o`rinbosari Nigora Xaytimmetova, tuman XTMFMTTEB mudiri o`rinbosari Shirin Kamalova, "Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” sovrindori Shirin Raximova va tumandagi umumiy o`rta ta’lim maktablari va kollej o`quvchilardan ushbu mukofotga tavsiya etilganlar va ularning ustozlari qatnashdilar.