O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi "Zulfiya nomidagi Davlat
mukofotini ta’sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida” gi
PF-2326-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 17 oktabr kuni
tuman madaniyat uyida tuman hokimligi
bilan hamkorlikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralash tanlovi
tuman bosqichi o`tkazildi.
Ulug’ ajdodlarimiz,
ota-bobolarimiz so’zlashgan til- bizning qulog’imizga ona allasi bilan singan til.
O’zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tilidir. Bu tilning beqiyos imkoniyatlari
qadimiy tosh bitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan o’tib kelayotgan maqol
va hikmatli so’zlari, betakror iboralari, qo’shig’-u dostonlarida yaqqol namoyon
bo’lgan. Bu tilni ajdodlarimiz qadrlaganidek ardoqlashimiz, uning boyishiga o’z
hissamizni qo’shishimiz bilan birga, tilimizning jozibadorligini yosh avlodga ko’rsata
bilishimiz kerak. Ana shu maqsadda bizning Gurlan tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabida "Til-millat ko’zgusi” deb nomlangan bayram tadbiri
bo’lib o’tdi.