gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Mustaqillik madhi bolalar ijodida

                                                      Tinchligim - baxtim

 

Zamon taqozosi bilan kompyuter va telefon insonlar hayotining bir bo`lagi bo`lib qoldi.  Ayniqsa ,  internet orqali do`st orttirish,   kitoblar o`qish  kabi ishlar yoshlarga  birmuncha qulayliklar tug`dirdi.   Men  ham  unchalik qiziqmasam-da,  internet  orqali Dnepropetrovskli  Marina  ismli bir qiz bilan tanishdim.  Uning onasi yoshligida vafot etgan,  faqat yolg`iz dadasi bilan yashardi.  U  bilan tanishganimni ota-  onamga aytdim.         Ular biroz qo`rqqandek tuyuldi menga.  Ammo  Marina bilan yozishgan xatlarimni o`qib,   uning fe`lini tushundilar shekilli,hech nima deyishmadi.

       Men,mana bir yarim oydirki ,   u bilan xat yozishaman.  Unga o`z oilam,qishlog`imiz,   maktabdagi qulayliklar vaO`zbekiston haqida aytibberdim.  Uninga jablanganini ko`rsangiz edi.  Faqat  u menga hech qachon oilasidan boshqa narsa haqida gapirmas edi. Buning sababini esa aytmas edi,  "Vataning”  deyishim bilan gapni boshqa yoqqa burardi.  Dadam esa Marina deyishim bilan bezovta qarab qo`yardi,  menga.  Ta`til bo`lgani uchun   ham  do`stlarim bilan ko`risha olmasdim.  Faqat kitob,uy ishlaridanbo`shashim bilan  Marina  bilan gaplashishga oshiqardim.  Chunki u juda sodda,  mehribon qiz edi.

      Ammo,   mana yetti kundirki,  yozgan xatlarimga javob kelmaydi.  Mening bundan ko`nglim g`ash bo`lardi,  ota-onam esa hali-hanuz menga boshqacha munosabatda edi. 

Mana,  yakshanba soat ertalabki sakkizlarda Marinadan xat keldi.  Quvonchim ichimga sig`may,xatni o`qidim. Xatda yozilishicha, menga Vatani haqida gapirmaganining sababi,    u yerlar notinch ekan.Bu  gapni o`qib tirnog`imgacha muzlab ketdim. Yana,endi men bilan xat yozisha olmas ekan. Chunki, dadasi ham  olamdan o`tib,u  yetimlar uyiga boribdi.U yerda esa kompyuterdan foydalantirmas ekanlar.Xat oxirida esa ushbu so`zlar yozilgan edi:  "Men  sen kabi baxtli qiz bilan dugona ekanligimdan faxrlanaman.Hech qachon, hech narsadan nolima, tinch  yurt tuprog`ini kozlaringga surt’’.Bu  gaplardan negadir ko`nglim buzilib, xo`rligim kelib, yig`lab yubordim. Oyim bilan dadam nega menga bezovta qaraganlarini tushungandek bo`ldim.

Mana, Marina bilan xat yozishmay qo’yganimga bir yarim yildan oshdi.

    Ammo  hali-hanuz uning ushbu so`zlari ko`z oldimda: ”tinch  yurt  tuprog`ini ko`zlaringga surt’’.

Yaqin dugonamdan ajralganimni sezsamda, qalbim quvonchga to`la edi.Chunki,  men   osmoni musaffo,  suvlari sharbat,  mevalari shirindan-shakar,  insonlari mehnatkash,  mehribon, tinchliksevar,  yoshlari bilimdon-u qarilari duogo`y,  quyoshi o`zgacha,  tuprog`i unumdor,  faxrlansa arzigulik ajdodlari bor,  eng muhimi esa yurtboshi oqil,   ertangi kunga ishonchi baland va har bir kuni tinch va osoyishta  yurt  farzandiman!

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]