“Kitob-mening do`stimsan” mavzusidagi ko`rik tanlov o`tkazish to`g`risidagi yo`riqnomada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha chora tadbirlar dasturi to’g’risida”gi PQ-3271-son qaroriga muvofiq umumiy o`rta ta’lim maktablari boshlang`ich sinflarining 4-sinf o’quvchilari o’rtasida “Kitob-mening do`stimsan”mavzusida 3 bosqichli ko`rik tanlovni tashkil etish va o`tkazish belgilangan. Ko`rik tanlovni o`tkazishdan asosiy maqsad: Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish,ularning intellektual va ma’naviy saviyasini yuksaltirish,kitob o`qishga bo’lgan qiziqishi,intilishini qo`llab-quvvatlash,kitobxonlikni rivojlantirish orqali ularning Vatanimiz tarixi,milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqidagi tushuncha va bilimlar ko’nikmalarini rivojlantirish,milliy hamda jahon adabiyoti durdonalarini targ`ib etish va maktablarda kitobxonlik to`garaklari faoliyatini rivojlantirish.