gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

O`yla, izla, top !

Shu yilning 9-yanvar kuni Gurlan tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabida qishloq maktablari o’rtasida "O’yla,izla, top!” musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada "Birlashgan” qishlog’ida joylashgan 4 ta maktab:29,30,31 hamda bizning 41-maktab o’quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o’zaro kuch sinashdilar.  

    Musobaqa shartiga ko’ra dastlab guruh sardorlari o’zaro bellashdi va g’olib sardor, 41-maktab jamoasining sardori fan tanlash huquqini qo’lga kiritdi. Musobaqada o’quvchilar matematika, kimyo, fizika, geografiya, tarix, adabiyot, biologiya fanlari bo’yicha bahslashdilar.

 

Maktab

 

Fan

matematika

kimyo

fizika

geografiya

tarix

adabiyot

biologiya

 

 

Jami ball

29

7

7

7

5

1

7

4

38

30

7

0

7

5

3

1

1

24

31

0

0

7

1

0

3

3

14

41

7

7

7

6

0

6

7

40

 

Bellashuvda 41-maktab jamoasi 40 ball to’plab g’olib bo’ldi.

Musobaqada quyidagi savollar o’ynaldi:

S A R D O R L A R    U CH U N   S A V O L L A R 

        

1. Oltiburchakning nechta diagonali bo`ladi ? (9 )

2. Amir Temur nechanchi yil  tavallud topgan ? (1336 yil )

3. Muayyan xalqning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan, uning milliy o`zligi, e’tiqodi, dunyoqarashi va turmush tarzini aks ettiradigan, ijtimoiy qimmati bilan hayotiy zaruratga aylanib qolgan urf –odat, an’ana va tamoyillar nima deb ataladi. ( Milliy qadriyatlar)

4.  Baliqchi tumani qaysi viloyatda joylashgan ? ( Andijon)

5.  Dinni niqob qilib olib, zo`ravonlik asosida kontitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiluvchi, uni o`zgartirishga urinuvchi jinoiy xatti-harakatlar nima deb ataladi ?    ( Diniy ekstremizm)

6. "O`tgan kunlar”, "Mehrobdan chayon”, "Obid ketmon” romanlarni kim yozgan ? (Abdulla Qodiriy)

7. Mo`yi muborak madrasasi qaysi shaharda joylashgan ? ( Toshkent)

 

S A R D O R L A R    U CH U N   S A V O L L A R 

        

1.Jaloladdin Manguberdi qachon  tavallud topgan ? (1198 )

2. Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston  dunyoda nechanchi o`rinda turadi. (4)

3. Biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ`ib etuvchi nima deb nomlanadi? ( Missioner)

4.  Albaniya davlati qaysi qit’ada joylashgan. ( Yevropa )

5. Qaysi ko`pburchakning 35 ta diagonali bor ? ( O`nburchak)

6. Ollohqulixon madrasasi qaysi shaharda joylashgan ( Xiva)

7.Abdulla Qahhorga katta shuhrat keltirga 1934 yilda yozgan romani nomi ?     

   ( Sarob)

 

S A R D O R L A R    U CH U N   S A V O L L A R 

        

1.Nechta ikki xonali son bor ? (90)

2. Nechta materik bor ? ( 6)

3.G`ijduvon tumani qaysi viloyatda joylashgan? (Buxoro)

4. Ozarbayjon Respublikasi poytaxtini ayting? ( Boku)

5. Umid Nihollari sport o`yinlari bu yil qaysi viloyatda o`tkaziladi ?        ( Navoiy)

6. Yorug`lik tezligi qancha ? ( 300000 km/s )

7. Avaz O`tar qaysi shaharda tavvalud topgan ? (Xiva)

 

S A R D O R L A R    U CH U N   S A V O L L A R 

        

1.Nechta uch xonali son bor ? ( 900 )

2. Nechta qit`a bor ? ( 6 )

3. Romitan tumani qaysi viloyatda joylashgan? ( Buxoro )

4. Qirg`iziston Respublikasi poytaxtini ayting ? ( Bishkek )

5. Umid Nihollari sport o`yinlari bu yil  necha tur bo`yicha o`tkaziladi ? ( 12 )

6. 200 haroratda havoda tovushning tarqalish tezligi qancha ? (343 m/s )

7. Shoira Zulfiya Isroilova qaysi shaharda tavallud topgan? ( Toshkent )

                 

              M A T E M A T I K A

Masala.

 

     Otasi o`g`lidan 26 yosh katta. 12 yildan keyin uning yoshi og`lining yoshidan 2 marta katta bo`ladi. Otasi va o`g`li necha yoshda ?

 

 

                       K I M Y O

                                            Masala.

 

    Tabiiy borning atom massasi 10,81 ga teng bo`lib,  B-10  va   B-11 izotoplarining aralashmasidir. Shunga ko`ra tabiiy bordagi izotoplarning foiz miqdorini aniqlang ?

 

                   F  I  Z  I  K  A

 

                                      Masala.

 

   Velosiped radiusi 25 m bo`lgan aylanma yo`lda 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Uning markazga intilma tezlanishini toping.

 

                                T A R I X

 

1.                            Amir Temur nechanchi yilda Anqarada erishgan g`alabasi bilan… ikkinchi marta Yevropa xalqlariga xizmat ko`rsatdi ?      

  ( 1402)

2.                             Insonni birinchi o`ringa qo`yuvchi, uning qadr qimmatini hurmat qilishni, inson kamoloti uchun zarur sharoitlar yaratib berishni talab qiluvchi, inson hayotini qadrlovchi g`oyalar tizimi ?                          ( Gumanizm)

3.                            Student so`zining ma’nosi ? (( lotincha so`z bo`lib, maktab degan ma’noni anglatadi) qunt bilan o`quvchi universitet talabasi ).

4.                            Parlament so`zining ma’nosi ? (( fransuzcha so`z bo`lib, gapirmoq degan ma’noni anglatadi) –davlatning qonun chiqaruvchi hokimiyati).

5.                            Yepiskop kim ? ( cherkovni boshqaruvchi ruhoniy).

6.                            Algebra fanining asoschisi ? ( Al – Xorazmiy ).

7.                            Islom dini nechanchi asrda vujudga kelgan ? ( VII).

 

                           T A R I X

1. Amir Temur nechanchi yilda vafot etgan ? ( 1405 )

2. Dodxoh kim ? ( shikoyatlarni ko`ruvchi amaldor)

3.Mahmud Torobiy qo`zg`oloni nomi bilan tarixga kirgan qo`zg`olon nechanchi yil yuz bergan ? ( 1238 )

4. Jaloliddin Manguberdi ordeni nechanchi yil ta’sis etilgan ? ( 2000 yil 30 avgust )

5. Muqanna so`zining ma’nosi ? ( niqobli kishi )

6. "Movarounnahr” so`zining ma’nosi ? ( arabcha "daryoning narigi tomoni” degan ma’noni anglatadi )

7.  Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi Respublikamizda nechanchi yil nishonlandi ? ( 2006 yil )

                    

                                                       T A R I X

1. Xiva xonligining 1872 -1911 yillardagi tarixini kim yaratgan ?

( Yusufbek Bayoniy) 

2. 1842 yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi necha metr bo`lgan devor bilan o`ratgan ?(6250 metr)

3. Butun qishloq aholisini katta va kichik kanallarni tozalashga safarbar etish majburiyati ?( Qazu)

4.   Xiva . Xon va boshqa xususiy mulk yerlarida dehqonchilik qiluvchilar qanday atalgan ?(  Yarimchilar)

5.  Muhammad Raximxon davrida Devonda xondan keyingi o`rinda ... turadigan bo`ldi ?( Qo`shbegi)

6.  Muhammad Amin madrasasi nechanchi yilda bunyod etilgan ?

( 1765)

7. Xiva xonligida soliq va majburiyatlar haddan tashqari ko`p bo`lgan. Asosiy soliq qanday nomlangan ?( Salg`ut ( yer solig`i ) )                                         

                                         

                                    T A R I X

 

1. Boburning bolalik yillari qaysi shaxarlarda o`tgan?(Andijon va Axsi)

2. O`zbek ulusiga kim asos solgan?( Abul Xayrxon)

3. Sunniylik Arab tilida qanday ma`noni anglatadi?

( Odat, an`ana  Xatti- harakat tarsi)

4.  Kimning Davridan boshlab markazi Buxoro bo`lgan davlat  "Buxoro xonligi ”deb atala boshladi?

( Ubaydullaxon)

5.  Amerika qit’asining rasman kashf etilgan kunini aniqlang?

(1492-y. 12-oktabr)

6.  Avstraliya qit`asi kim tomonidan, qachon kashf etilgan ?

( L.V.Torres 1605 yil)

7. Rusni birlashtirish to`la to`kis qachon nihoyasiga yetdi ?(1521  )

 

                                                                        

                                             A D A B I Y O T

 

1.    Memuar so`zining ma’nosi ? (fransuzcha "esdalik” ma’nosini anglatadi.)

2.    Qanday asarlar memuar asarlar hisoblanadi ? ( Muallifning o`zi qatnashgan yoki ko`zi bilan ko`rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar hisoblanadi )

3.    Oybekning qaysi asari memuar asar hisoblanadi ? ( "Bolalik”)

4.    Ma’no va mantiq jihatidan o`zaro aloqador tushunchalarni keltirish bilan hosil qilinadigan she’riy san’at ? (Tanosib)

5.    Dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimon. Ayni paytda u adabiyotimizning Navoiydan keyingi zabardast vakili ? (Z.M. Bobur)

6.    Z.M. Bobur qaysi tillarda ijod qilgan ? ( o`zbek va fors )

7.    Bobur ona tilida yozgan she’rlarini to`plab nechta devon tuzgan va ularning nomlarini ayting. ( 2 ta, "Kobul devoni” va "Hind” devoni”)

        

 

                         A D A B I Y O T

 

1.    "Zulqarnayn” so`zining ma’nosi ? ("Zulqarnayn” so`zining ikki ma’nosi bor: birinchi ma’nosi shoxli ( boshida muguzi bor) bo`lsa, ikkinchi ma’nosi – kun chiqish va kun botish hukmdori degani )

2.    Ishqiy – sarguzasht qissa bo`lmish "Sab’ai sayyor” kimning taqdiri mavzusini yoritadi ? ( yetti iqlim shahanshohi Bahrom)

3.     "Layli va Majnun” dostonidagi Laylining otasi qaysi qabila boshlig`i bo`ladi ? (Hay )

4.    Ko`ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o`rgatgan piri komil ? ( Boniy )

5.    Olloh ishqini qalbda naqshlash sirlarini anglatgan ustoz ? ( Moniy )

6.    Ko`ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid ? ( Qoran )

7.    Poklanishga erishgan komil inson ayni paytda yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’noda o`zbek adabiyotida  mukammal yaratilgan  komil inson obrazi ? ( Farhod)

 

A D A B I Y O T

 

1.    Nodiradan xalqimizga ikkita devon qolgan. Nisbatan to`la deb hisoblanadigan turkiy devonida nechta g`azal mavjud ? (189 )

2.    "Qutadg`u bilig” asarini kim yozgan ? ( Yusuf Xos Hojib)

3.    "Qutadg`u bilig” asari necha baytdan iborat ? ( 6409)

4.    "Xos Hojib” ning ma’nosi ? ( eshik og`asi)

5.    "Qutadg`u bilig” asarining nechta nusxasi saqlanib qolgan ? ( 3 ta, Vena nusxasi, Qohira nusxasi, Namangan nusxasi )

6.    Didaktika so`zining ma’nosi ? ( yunoncha "didakticos”, ya’ni ibratli degan sozdan olingan. "Didaktik adabiyot”  deganda nasihat, o`git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi.)

7.   Sharq, jumladan, o`zbek mumtoz adabiyotida didaktik asarlarning qanday turlari bor ? ( Nasriy didaktik asarlar, Nasriy-she’riy didaktik asarlar, she’riy didaktik asarlar)

 

 

         A D A B I Y O T

 

1. "So`z podshosi” deb e’zozlangan mashhur shoir ? ( Lutfiy)

2. "Gul va Navro`z” dostoni kimning qalamiga mansub ? ( Haydar Xorazmiy)

3. Lutfiy dunyodan o`tganda Alisher Navoiy necha yoshda edi ? ( 24)

4. Ikki misradan iborat band nima deyiladi ? ( bayt)

5. "Musammat” so`zining ma’nosi ? ( ipga terilgan marvarid)

6. Baytlar ham ikki xil bo`ladi: agar barcha juft misralar o`zaro qofiyalanuvchi qoida tusini olgan bo`lsa, bu … deyiladi ? (masnaviy)

7. "Qit’a” so`zi qanday ma’noni bildiradi ? ( "bo`lak”, "parcha” degan ma’noni anglatadi.)

 

                     B I O L O G I Y A

1.    Oqsillar turli ta’sirlar natijasida o`zining tabiiy xususiyatlarini yo`qatadi . Bu hodisa nima deb ataladi ? (denaturatsiya)

2.    Oqsillar nechta guruhga bo`linadi ? (2 ta, oddiy va murakkab )

3.    Oddiy oqsillar nimalardan tashkil topgan ? (faqat aminokislotalardan tashkil topadi )

4.    Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar nima deb ataladi ? (albuminlar)

5.    Osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydigan oqsillar nima deb ataldi ? (globulinlar)

6.    Plastidalar nima ?  (o`simlik hujayralarining organoidlari. Ular anargonik moddalardan birlamchi uglevodlarni hosil qilishda ishtirok etadi.)

7.    Somatik hujayraning xromosomalar to`plamining miqdoriy ( soni va o`lchami) va sifatiy ( shaklli) belgilari yig`indisi nima deb ataladi ? (kariotip )

 

 

               B I O L O G I Y A

1.    Uglevodlar necha xil bo`ladi ? (2, monosaxarid va polisaxarid )

2.    Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma nima deb ataladi ? (disaxaridlar )

3.  &appnbsp; Oybekning qaysi asari memuar asar hisoblanadi ? ( mp;nppnbsp; Oybekning qaysi asari memuar asar hisoblanadi ? ( bsp; Ko`p sonli monosaxaridlarning qo`shilishidan hosil bo`lgan murakkab uglevod nima deb ataladi ? (polisaxaridlar)

4.    1 kg uglevod parchalanganda qancha energiya ajralishi aniqlangan ? (17,6 kJ)

5.    Oqsil molekulalari qanday shakllarga ega bo`ladi ? ( ipsimon yoki dumaloq shakllarga ega bo`ladi )

6.    Kichik molekulali oddiy organik molekulalar nima deb ataladi ? (monomerlar )

7.    Qutblanish nima ? (Molekuladagi zaryadlarning noteks taqsimlanishi tushuniladi.)

 

                  B I O L O G I Y A

1. Ichki organlar pardasi yoki shilliq qavat deb qaysi to`qimaga aytiladi?  (Epiteliy to`qimasi)

2. Ko`zning va og`izning aylana muskullari qaysi muskullarga kiradi?

(Mimika)

3) Qonda leykositlar sonining ko`payishi nima deyiladi ?

( Leykositez )

4) Eritrositlarda agglutinogen umuman bo`lmaydi, plazmada agglutinin

α va β bo`ladi. Bu qaysi qon guruhi uchun xos ? ( I)

5) Qon plazmasida biologik faol modda antigemofil omili yetishmasa qaysi kasallik kelib chiqadi ?( Gemofiliya )

6) Tomoqdagi bodomsimon bezlarning yallig`lanishi qanday kasallik ?

( Angina )

7) Oqsillarni parchalovchi fermentlar nima deyiladi?( Proteaza)   

  BIO L O G I Y A

 

1.    Bir xil predmet yoki hodisalarni boshqa predmet yoki hodisalar bilan o’xshashligi va farqini aniqlash yo’li orqali ularning mohiyatini ochish qaysi usulga asoslangan.( taqqoslash usuli)

2.  Mustaqil hayot kechiradigan mavjudot bu………          (organizm)

3.  Tiriklikning barcha xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik birlik...         (hujayra)

4.  Kelib chiqishi,yashash sharoiti va hayot tarzlari bir xil organizmlarning yig’indisi nima deyiladi?          (populyatsiya)

 

 5.  Tirik mavjudotlar Yerda necha yil avval kelib chiqqan?    (3,5 mlrd)

 6.  Hujayra qobig’i qanday moddadan tashkil topgan?          ( murein)

  7.  Zamburug’larning vegetativ tanasi nima deyiladi?          ( mitselliy)     

                                

                         G E O G R A F I Y A

 

1.Jizzax viloyatida mamlakat aholisining necha foizi jamlangan ?(  4 )

2. Mirzacho`l  iqtisodiy geografik rayoni qaysi viloyatlardan tarkib topgan ? ( Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan)

3. Shahar turmush tarzining keng yoyilish jarayoni ? (Urbanizatsiya )

4.  Chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni, mollarni olib kelish nima deb ataladi ? (  Import )

5. Yuk yoki yo`lovchilarning oraliqdagi stansiya, viloyat, davlat orqali o`tishi nima deb ataladi ?( Tranzit  )

     6. Poytaxtdagi teleminora balandligi qancha ? ( 375 metr)

     7.  Nasldan naslga o`tuvchi shaxsiy hovli joyida qishloq xo`jalik mahsuloti yetishtirish va sotish huquqiga ega oilaviy mehnatga asoslangan xo`jalik ? ( Dehqon xo`jaligi )

 

 

                         G E O G R A F I Y A

 

1. Sirdaryo viloyatida nechta shahar bor ?   ( 5 )

2. Bekobod shahri qaysi viloyatda joylashgan? ( Toshkent )

3. Shaharlarning yirik shahar atrofida to`planishi?  ( Aglomeratsiya)

4. Tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi nima deb ataladi ?

( eksport )

5. Asosiy yo`nalish, asosiy aloqa yo`li ? ( Magistral)

6. Mamlakatimizda nechta Universitet bor ? ( 16 )

 7. Uzoq muddat ( 30- 50 yil ) ga ijaraga olingan yerda qishloq xo`jaligi xom ashyosi ishlab chiqaruvchi yuridik huquqga ega tovar xo`jaligi

 ( Fermer xo`jaligi)

 

                                           G E O G R A F I Y A.

1. Jahonda aholisining soni 5 mln dan ortiq bo`lgan nechta shahar bor ?( 45)

2. "Sakkizlik davlatlari” ni ayting.  (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Rossiya)

3.Atrof-muhitni sog`lomlashtirishda, ekologik muammolarni ijobiy hal qilishda jamoatchilikning ham xizmati katta. O`zbekistonda jamoatchilik asosida tashkil topgan bu harakat nafaqat O`zbekistonda balki butun O`rta Osiyo mintaqasida tabiatni muhofaza qilish, aholi yashash mihitini sog`lomlashtirish yo`lida harakat qilmoqda. Bu harakat nomi ?  . (EKOSAN)

4. Jahon yer fondining necha foizi muzliklardan tashkil topgan ?. ( 11 )

5. Hozirgi vaqtda dunyo bo`yicha tuzning qanday qismi dengiz suvlaridan olinmoqda ? ( 1/3)

6. Bu shahar nomining tarjimasi "Qizil botir” degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi shahar ? ( Ulan Botir )

7. Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima ? ( Til)

 

                                          G E O G R A F I Y A.

                        

1.Jahon mamlakatlari aholi jon boshiga to`g`ri keluvchi milliy daromadiga ko`ra nechta guruhga taqsimlangan ? ( 4 )

2. Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPEK ka nechta mamlakat a’zo ? ( 13 )

3. Katta va ulkan salohiyatga ega bo`lgan qaysi davlatlar jahonning tayanch mamlakatlari guruhini tashkil etadi. (Xitoy, Hindiston, Braziliya, Rossiya, Meksika)

4. Mamlakatni idora qilishning eng asosiy ikki turini ayting. (Respublika, monarxiya)

5. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat mavjud ma’muriy-hududiy tuzum shakliga ega bo`lgan mamlakatlar anday nomlanadi ?

( Unitar davlat)

6.  Bepoyon jazirama cho`lda yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxt va go`zallik rangi jannat rangidir. Bu rang qaysi rang ? ( Yashil)

7. Hududi kattaligi jihatidan 110-o`rin, aholisi soni bo`yicha 73 –o`rin, xalqaro savdo hajmi bo`yicha 15-o`rin, valyuta zahirasi bo`yicha 6-o`rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo`yicha 4-o`rin. Va faqatgina travmatizim darajasiga ko`ra dunyoda 1-o`rin. Bu qaysi davlat ?                                                         ( Shveytsariya)

 

 

Kalit so'zlar:
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]