Hamjihatlik va mehr-oqibat ifodasiBugun mamlakatimizning barcha hududlarida Navro‘zoldi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Shaharu qishloqlarda, mahallalar, mehnat jamoalarida erta tongdan hasharga chiqqan yurtdoshlarimiz hamjihat bo‘lib, hovli-joylar, ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘cha va guzarlar, ariq-zovurlarni tozalash, tabarruk qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirishga kirishdi.
Hashar – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Uning zamirida o‘zaro mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamjihatlik, insonparvarlik, shukronalik, obodlik, bunyodkorlik kabi ezgu g‘oyalar mujassam. Bunday qadriyatlar bugungi kunda ham inson kamoloti va jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotir.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish jarayonida ushbu qadimiy udumimiz yangicha mazmun-mohiyat kasb etmoqda. Bayramlarimiz arafasida umumxalq hashari o‘tkazish orqali yurtimizning barcha go‘shalarini obodonlashtirish, bog‘lar, yashil hududlarni kengaytirish ishlari amalga oshirilayotir. Mahallalarda zamonaviy bolalar o‘yin maydonchalari, sport-sog‘lomlashtirish maskanlari barpo etilmoqda, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Davlat gerbi
Davlat bayrog'i
Davlat madhiyasi
Yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillari Navro‘z bayramini har yili keng nishonlaydi. Ushbu umumxalq ayyomiga tayyorgarlik ishlari bu yil Prezidentimiz Islom Karimovning 24 fevralda qabul qilingan "2014 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Bo'limlar