Yig`ilish raisi: Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori : Sh. Jumatov
Yig`ilish kotibi: 41-umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori o`rinbosari: B. Kenjayev.
Yig`ilishda qatnashdi: Gurlan tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori,serjant D. Gulbayev, "Nukus” mahalla fuqarolar yig`ini raisi G. Jumaniyazov, 19 nafar o`qituvchi, 9 nafar ishchi-xizmatchi, jami 30 nafar kishi qatnashdi.
Gurlan tumanidagi 41–umumiy o`rta ta’lim maktabi jamoasi 2014-yilning 23 - dekabr kuni maktabda boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun seminar tashkil qildi. Unda tuman XTMFMTTEB metodisti Rayhon Xo`janiyozova, tajribali, yosh hamda mahoratli o`qituvchilar ishtirok etdi. Seminarda maxsus kun tartibi belgilab olindi. Shu tartib bo`yicha trening olib borildi. Seminar "Zamonaviy ko`rgazmali qurollar, ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o`tishni o`rgatish va o`rganish” mavzusida bo`lib o`tadi. Unda "Mahorat maktabi” dasturi va uning amaldagi ko`rinishi; "O`rgan- o`rgat” tadbirining ta`lim jarayonidagi ahamiyati; o`qituvchi odobi va kiyinishi; ta`limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o`rni va undan boshlang`ich sinflarda foydalanish haqidagi masalalarga chuqurroq to`xtaldi. Bularning amaliy isbotini bilish maqsadida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining dars jarayoni kuzatildi.