gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» Материалы за Март 2019 года

Yangiliklar :: Mart oyi - tabiiy fanlar oyligi

8-03-2019, 13:50

Maktabimizda 4 mart kuni "Mart oyi- tabiiy fanlar oyligi" munosabati bilan hududiy seminar o`tkazildi. Shu kuni barcha sinflarda dars mashg`ulotlari "Ochiq" deb e'lon qilindi. TXTB metodisti Fazilat Matyakubova va yaqin hududda joylashgan biologiya, fizika, kimyo ustozlari tashrif buyurdilar va ochiq darslarda, tadbirlarda ishtirok etishdi. 

Yangiliklar :: Jannat hidi kelgan rayhonim onam

8-03-2019, 12:02
Maktabimizda 7 mart kuni "8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" ga bag`ishlangan "Jannat hidi kelgan rayhonim onam" nomli tadbir o`tkazildi. Tadbirni maktab direktori Sh. Jumatov ochib berdi. Barcha ayollarni, qizlarni bayram bilan qutladi. O`quvchilarni tadbirga maktab kutubxonachisi Xurshida O`tamuratova tayyorladi. Tadbir o`quvchilarga, ustozlarga bayramona ruh ulasha oldi.  


Yangiliklar :: Zulfiya - tong kuychisi

4-03-2019, 15:26
2019-yil 1- mart Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlangan “Zulfiya-tong kuychisi” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.


Yangiliklar :: Kitob-mening do`stimsan

1-03-2019, 08:10
“Kitob-mening do`stimsan” mavzusidagi ko`rik tanlov o`tkazish to`g`risidagi yo`riqnomada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha chora tadbirlar dasturi to’g’risida”gi PQ-3271-son qaroriga muvofiq umumiy o`rta ta’lim maktablari boshlang`ich sinflarining 4-sinf o’quvchilari o’rtasida “Kitob-mening do`stimsan”mavzusida 3 bosqichli ko`rik tanlovni tashkil etish va o`tkazish belgilangan. Ko`rik tanlovni o`tkazishdan asosiy maqsad: Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish,ularning intellektual va ma’naviy saviyasini yuksaltirish,kitob o`qishga bo’lgan qiziqishi,intilishini qo`llab-quvvatlash,kitobxonlikni rivojlantirish orqali ularning Vatanimiz tarixi,milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqidagi tushuncha va bilimlar ko’nikmalarini rivojlantirish,milliy hamda jahon adabiyoti durdonalarini targ`ib etish va maktablarda kitobxonlik to`garaklari faoliyatini rivojlantirish.


Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)
Октябрь 2023 (2)
Сентябрь 2023 (2)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]