gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov

Yangiliklar :: O’YLA, IZLA, TOP!

13-12-2016, 09:17

   Shu yilning 25-noyabr kuni Gurlan tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchilari o’rtasida "O’yla,izla, top!” musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada "Zukkolar" va "Bilimdonlar” jamoalari o’zaro kuch sinashdilar.  

    Musobaqa shartiga ko’ra dastlab guruh sardorlari o’zaro bellashdi va g’olib sardor, jamoasining sardori fan tanlash huquqini qo’lga kiritdi. Musobaqada o’quvchilar matematika,  fizika, geografiya, tarix,ona tili va adabiyot, ingliz tili, fanlari bo’yicha bahslashdilar.

 

Yangiliklar :: Taqdirlanish- bu rag`batdir!

8-12-2016, 20:38

2016 yil 7 dekabr kuni  maktabimiz o`quvchilaridan 53 nafari maktab "faxriy yorliq”, "maqtov yorliq” va sovg`alari bilan taqdirlandilar. Ular "Biz kecha kim edig-u, kim bo`ldik qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak!” mavzusidagi insho, "Biz OITS va giyohvandlikka qarshimiz !”  mavzusidagi rasm, insho,hikoya, ijodiy bayon, she’r tanlovlarida, "Bayrog`im – faxrim” diktant, "Eng chiroyli yozuv sohibi” tanlovi, " Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida o`tkazilgan diktant, ijodiy bayon, insho, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan "Basketbol to`pini jarima chizig`idan savatga tashlash” musobaqasi g`oliblaridir.

Yangiliklar :: Konstitutsiya-baxtimiz poydevori

7-12-2016, 00:00

Har qanday davlatning huquq tizimida ko'p qonunlar mavjud.Ammo ular orasida eng  asosiysi deb e'tirof etiladigani bu-konstitutsiyadir.Konstitutsiyada inson va fuqaroning huquq va erkinliklari e'tirof etiladi va kafolatlanadi.Har bir yosh avlodga konstitutsiyaviy huquqlarini o'rgatish,undan qayerda,qanday foydalanish kerakligi haqida tushunchalar berish maqsadida maktablarda tadbirlar,tanlovlar o'tkazilmoqda.Shu munosabat bilan bizning maktabimizda ham ,,Konstitutsiya-baxtimiz poydevori" mavzusida insho,rasm tanlovlari o'tkazildi.

Yangiliklar :: Biz OITS va giyohvandlikka qarshimiz

1-12-2016, 18:50
Bola dunyoga kelganda ota-ona qanchalik quvonadi.Uning katta bo'lishi,unib-o'sishi uchun bor mehrlarini berishadi.Boshqalardan kam bo'lmasin deb,qo'lidan kelgan barcha sharoitlarni yaratib berishadi.Xo'sh,hamma yoshlar bu imkoniyatlardan to'g'ri foydalana oladimi?

Yangiliklar :: E'tiborga munosib javob

14-11-2016, 12:05

2016 yil oktabr oyi boshida maktabimiz 9-sinf o`quvchisi Jumaboyeva Madina O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o`tkazilgan "Mustaqillik madhi bolalar ijodida” Respublika ijodiy ishlar ko`rik-tanlovi hikoya yo`nalishida II-o`rinni egallaganligi uchun  O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika bolalar kutubxonasining Ikkinchi darajali diplomi bilan taqdirlangan edi. Kuni kecha yana 4 nafar o`quvchimiz ushbu tanlovda faol ishtirok etganligi uchun  O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Respublika bolalar kutubxonasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Назад 1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 59 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Ноябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (1)
Июнь 2025 (1)
Май 2025 (1)
Март 2025 (2)
Февраль 2025 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]