gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
banner 240x80px

Yangiliklar :: Men sevgan adabiy qahramon

20-04-2018, 06:54

Maktabimiz 8-sinf o'quvchisi Zaripova Zarina "Men sevgan adabiy qahramon" insho tanlovining viloyat bosqichida 1-o'rinni egalladi va may oyining boshida o'tkaziladigan respublika bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Omad yor bo'lsin, Zarina .



Yangiliklar :: "Islom Karimov asarlari bilimdoni" ko`rik-tanlovi

19-04-2018, 16:01
2018 yil 10-aprel kuni tumandagi 4-umumiy o`rta ta'lim maktabida "Islom Karimov asarlari bilimdoni" ko`rik-tanlovi tuman bosqichi bo`lib o`tdi. Unda maktabimiz 9-sinf o`quvchisi Boboxo`jayeva Lobar faxrli 1-o`rinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo`lga kiritdi. Lobarni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va tanlovning keyingi bosqichlarida unga omad tilaymiz. 


Yangiliklar :: “Jaholatga qarshi ma’rifat” turkumidan “Salomlashish odobi” mavzusida yig`ilish o`tkazildi.

2-04-2018, 19:57
“Jaholatga qarshi ma’rifat” turkumidan 2018 yil 2 aprel kuni “Salomlashish odobi” mavzusida yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilish raisi: Gurlan tumani 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi direktori ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari : B. Kenjayev Yig`ilish kotibi: 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi yoshlar yetakchisi: D. Nurmetova Yig`ilish qatnashdi: Gurlan tuman bosh imom xatibi Habibullayev Mahmudjon, 6 nafar o`qituvchi, 93 nafar yuqori sinf o`quvchilari , jami 102 kishi qatnashdi. Yig`ilish 41- umumiy o`rta ta’lim maktabi “Ma’naviyat zali” da bo`lib o`tdi.

Yangiliklar :: 2018 yil I-chorakda erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar

1-04-2018, 19:48
Bilimlar bellashuvi tuman bosqichi 1. Jumaboyeva Mohinur (7-sinf, rus tili) - I-o`rin; 2. Matkarimova Hakima (7-sinf, ona tili) - I-o`rin; 3. Jumaboyeva Begoyim (5-sinf, rus tili) - I-o`rin; 4. Gulmirzayeva Dilnoza (5-sinf, ingliz tili) - I-o`rin; 5. Matkarimov Farrux (5-sinf, matematika) - II-o`rin; 6. Norimmatov Ruxsorbek (6-sinf, matematika) - II-o`rin; 7. Ataxanova Maftuna (8-sinf, rus tili) - II-o`rin.

Yangiliklar :: Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro`z bo`lsin

16-03-2018, 19:43
“Nukus” mahalla fuqarolar yig`inida o`tkazilgan “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro`z bo`lsin !” degan g`oyani o`zida mujassam etgan “Navro`z bayrami” tadbiri 2018 yil 16 mart kuni bo`lib o`tdi. Birlashgan qishlog`ida joylashgan 29-, 30-, 31-, 41-maktab direktorlari, o`qituvchi, ishchi-xizmatchilari,o`quvchilar guruhlari, 31-, 32-maktabgacha ta’lim mussasalari rahbarlari, tarbiyachilari, tarbiyalanuvchilar guruhlari, mahalla faollari, mahalla fuqarolari , tuman madaniyat uyi xodimlaridan bir guruhi, tuman IIB xodimlari guruhi, jami 1061 kishi. Bayram tadbiri mahalladagi 29-maktab stadionida bo`lib o`tdi.
Назад 1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 60 Вперед
...
...
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Март 2025 (2)
Февраль 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)
Июнь 2024 (1)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]