3.
Tengdoshlar ijodidan,
Gulzoringda bir gulman Vatan.
Bag’ring kengdir xuddi bir dunyo
Oddiy ko’ling men uchun samo
Ta’riflolmas qalamim boringcha aslo
Gulzoringda bir gulman Vatan
Maftun bo’lgan bir gulman Vatan
Ta’riflashdi qancha shoirlar
"Ona Vatan” deb atadilar
Ta’riflardan to’lmadi ko’nglim
Dedim: "Gulzorsan Vatan”
Gulzoringda bir gulman Vatan.
Vatan borki dunyo barhayot
Vatan bo’lsa olam ham obod
Vatansizning umridir xarob
Gulzoringda bir gulman Vatan
Maftun bo’lgan bulbulman Vatan.
Jumaboyeva Madina 41-maktabning 6-sinf o’quvchisi Kamalak bilimdoni.
Oynoma 2014-yil
10-martdan chiqa boshlagan 41-umumiy o’rta ta’lim maktabi bolalar va o’smirlar oynomasi.
2014-yil 10- mart N: 2
O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati homiyligidagi "Kamalak” bolalar tashkiloti
Nizomi
1.Umumiy qoidalar
1.1. O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligida ish yuritadigan Bolalar tashkiloti yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida yuksak ma’naviyat,sog’lom,bilimdon qilib tarbiyalovchi bolalar tomonidan tuzilgan jamoa tashkiloti hisoblanadi.
1.2. Tashkilot bolalarning ixtiyoriy ravishda uyushgan,mustaqil,demokratik qoidalari asosida faoliyat ko’rsatadigan ommaviy tashkilotdir.
1.3. Tashkilot o’z ishini O’zbekiston Respublikasi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligida amalga oshiradi.
1.4. Tashkilot o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunchigi,”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nizomi, bolalar huquqlari haqida Xalqaro konvensiya hamda ushbu Nizomga muvofiq Respublikaning barcha hududlarida, mehribonlik uylarida doimiy va yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida (mavsumiy) amalga oshiradi.
1.5. Tashkilot o’z ish jarayonida Respublikada va xalqaro miqyosdagi jamoat tashkilotlari, bolalar birlashmalari, respublika vazirliklari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatish va ularning imkoniyatlaridan keng foydalanish huquqiga ega.
1.6. Tashkilot rayosati yuridik shaxs maqomiga hamda tashkilot nomi va ramziy belgisi aks ettirgan muhrga, bank hisob raqamlariga ega bo’ladi.
1.7. Tashkilotning bosh shiori: " Vatan, do’stlik va xalqparvarlik uchun!”.
KAMALAK FAOLLARI
Jumaboyeva Lobar. Maktabning 6-sinfida o’qiydi. Sinfning eng faol o’quvchilaridan biri, sinfdoshlari orasida hurmat-e’tiborga ega. "Kamalak” bolalar tashkiloti "Mehr-sahovat” yo’nalishi sardori. Ingliz tili, ona tili va adabiyoti,matematika fanlariga qiziqadi. Bo’sh vaqtlarida ingliz tilini o’rganish va she’r yozish bilan shug’ullanib turadi. Bundan tashqari darsdan bo’sh paytlarida tengdoshlari hamda boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan birgalikda "Muruvvat ko’ngillilari” deb nomlangan to’garak ishini boshqarib bormoqda. Bu ishlari orqali u o’quvchilarni kam ta’minlangan oila farzandlari, yakka tartibda uyda ta’lim oluvchi o’quvchilar bilan ishlash keksa va nafaqadagi faxriylar holidan xabar olishga undamoqda
Gurlan tumani 41–umumiy o`rta ta’lim maktabi o`qituvchi va o`quvchilari tomonidan
2013 – 2014 -o`quv yilida erishilgan
Y U T U Q va M U V A F F A Q I Y A T L A R.
1."Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida o`tkazilgan "Yoshlar festivali” da "Eng namunali maktab yetakchisi” nominatsiyasi
Nurmetova Dilrabo- "Kamolot” YIH Gurlan tuman vasiylik kengashi raisi, tuman hokimi diplomi bilan taqdirlandi.
2."Vatan uchun yashaylik” Respublika she’riyat ko`rik-tanlovi viloyat bosqichi.
Amatova Gulasal( 9 – sinf) – g`olib.
VXTB va O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazam viloyat bo`limi faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
3."Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivali. She’riyat yo`nalishi
v Tuman bosqichi.
1. Jumaboyeva Madina (6-sinf) – g`olib
2. Boboxo`jayeva Lobar (5-sinf) – g`olib
4."Zulfiyaxonim izdoshlari” Respublika ko`rik-tanlovi tuman bosqichi.
Amatova Gulasal( 9 – sinf) – I-o`rin.
Tuman hokimligi faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
5."Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik tanlovi
Jismnoniy tarbiya fani o`qituvchisi Rajabov Qudrat ushbu ko`rik-tanlov tuman va viloyat bosqichlarida hakamlik qildi.
6."Oyning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik tanlovi
Tuman bosqichi.
1. Kenjayev Bahodir (Matematika, fevral) - I - o`rin.
2. Rajabov Qudrat ( Jismoniy tarbiya, mart) – I – o`rin
Viloyat bosqichi
1. Kenjayev Bahodir (Matematika, fevral) – III –o`rin
2. Rajabov Qudrat ( Jismoniy tarbiya, mart) – faol ishtiroki uchun
VXTB ning faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
Yusupov Faxriddin(fizika fani o`qituvchisi) – viloyat bosqichida hakamlik qildi.
7."Jaholatga qarshi ma’rifat” Respublika ko`rik-tanlovi
Tuman bosqichi
Amatova Gulasal( 9 – sinf) – I-o`rin.
TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
Viloyat bosqichi
Amatova Gulasal( 9 – sinf) – III-o`rin.
VXTB ning faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
8."Yilning eng faol ma’naviyat targ`ibotchisi” ko`rik-tanlovi tuman bosqichi
Kenjayev Bahodir- II-o`rin. TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
9.Fan olimpiadasi
II – tur tuman bosqichi
|
№ |
ism, familiyasi |
sinfi |
fani |
o`rni |
|
1 |
O`rolov Javlonbek |
9 |
Informatika |
I |
|
2 |
Amanboyev Sardor |
9 |
Geografiya |
II |
|
3 |
Iskandarov Sanjar |
9 |
Fizika |
III |
|
4 |
Rajabov Shoxruh |
9 |
Matematika |
III |
|
5 |
Sobirova O`g`iljon |
9 |
Ingliz tili |
III |
G`olib o`quvchilar TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandilar.
10.Bilimlar bellashuvi
Tuman bosqichi
|
№ |
ism, familiyasi |
sinfi |
fani |
o`rni |
|
1 |
Xaytboyev Xumoyun |
7 |
Matematika |
I |
|
2 |
Ibragimov Doston |
8 |
Matematika |
I |
|
3 |
Boboxo`jayeva Lobar |
5 |
Matematika |
II |
|
4 |
Aminov Davron |
8 |
Iqtisod |
II |
|
5 |
Davlatova Salomat |
7 |
Ona tili |
III |
|
6 |
Amatov Jahongir |
8 |
Fizika |
III |
G`olib o`quvchilar TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandilar.
Viloyat bosqichi .
|
№ |
ism, familiyasi |
sinfi |
fani |
o`rni |
|
1 |
Xaytboyev Xumoyun |
7 |
Matematika |
III |
G`olib o`quvchi Xaytboyev Xumoyun,
o`qituvchisi Kenjayev Bahodir VXTB ning,
maktab direktori Jumatov Shuhrat TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandilar.
10. "Umid nihollari – 2014” sport musobaqasi tuman bosqichi
"Qo`l to`pi” turi
41-maktab o`g`il bolalar jamoasi( 5 – 7 –sinf) – III-o`rin.
Maktab jamoasi TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
11. "Kamolot shaxmat taxtasi” musobaqasi tuman bosqichi.
1. Rajabov Shoxruh( 9 – sinf) – I-o`rin.
2. Sherimmatova Shodiya( 8 – sinf) – faol ishtiroki uchun
"Kamolot” YIH tuman kengashi faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
12. "Matnazar Abdulhakim she’rlari bilimdoni” ko`rik tanlovi tuman bosqichi.
Amatova Gulasal (8 sinf) – I-o`rin.
13. "Sog`lom bola yili” dasturi asosida "Sport va sog`lom oila – sog`lom bola va sog`lom jamiayt asosi” shiori ostida sportning shaxmat turidan tuman birinchiligi.
41 – maktab jamoasi – III-o`rin
Maktab jamoasi O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Huzuridagi Bolalar Sportini Rivojlantirish Jamg`armasi Xorazm Viloyat Filiali III – darajali diploma bilan taqdirlandi.
14. Al – Xorazmiy tavalludining 1231 yilligiga bag`ishlab
URDU, Xorazm M’amun Akademiyasi va VPXMOQTI tomonidan o`tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya va matematik bellashuv.
egallaganligi uchun VPXMOQTI ning faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
15. Eng yaxshi "Kamalak sardori”
Jumaboyeva Madina (6-sinf) –"Kamolot” YIH tuman kengashi faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
16. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti tomonidan o`tkazilgan "Al Xorazmiy -2014” tanlovi
I - bosqich.
1. Amangeldiyev Faxriddin (Informatika, 9 sinf) – g`olib
2. O`rolov Javlonbek (Informatika, 9 sinf) – g`olib
3. Iskandarov Sanjar (Fizika, 9 sinf) – g`olib
4. Soburova Kumushoy (Fizika, 9 sinf) – g`olib
II-bosqich
1. O`rolov Javlonbek (Informatika, 9 sinf) – III-o`rin
2. Amangeldiyev Faxriddin (Informatika, 9 sinf) – faol ishtiroki uchun TATU Urganch filiali faxriy yorliqlari va sovg`asi bilan taqdirlandi.
17. "Chet tili bilimdonlari” ko`rik tanlovi tuman bosqichi.
41-maktab – I-o`rin
Maktab jamoasi va o`qituvchisi Artiqova Gulbahor TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
18. "Huquq bilimdonlari” tanlovi hududiy bosqichi.
41 – UO`T maktabi – II-o`rin.
Maktab jamoasi va o`qituvchisi Jumatov Shuhrat TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
19. "Muhammad Yusuf – Vatan kuychisi” ko`rik-tanlovi tumanbosqichi.
Bayon yo`nalishi
Xaytboyeva Shaxodat(6 sinf) – II-o`rin.
G`olib o`quvchi Xaytboyeva Shaxodat va o`qituvchisi Xayitboyeva Moxira TXTMFMTTEB faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.
20. 2000 yil 1 avgustdan keyin tug`ilgan o`quvchilar o`rtasida Koreya davlatida o`tkaziladigan xalqaro olimpiada Respublika I-saralash bosqichi.
Xaytboyev Xumoyun ( 7 – sinf) – II-o`rin (Respublika bo`yicha jami 10 nafar o`quvchi, jumladan Xorazm viloyati bo`yicha yagona vakil Xaytboyev Xumoyun ham II-saralash bosqichida ishtirok etdi. Lekin xalqaro olimpiadada ishtirok etish imkoniyatini beruvchi kuchli to`rtlikka kira olmadi.)