gurlan41.uz

«Kuch bilim va tafakkurda.»
I. A. Karimov
» Последние публикации на сайте » Страница 14

Yangiliklar :: Do`stlik

1-12-2018, 14:21
Bizlar hali yosh edik. U paytlar juda og`ir vaqtlar edi. Mening bitta do`stim bor edi. U juda qizziqqon bola edi. U paytlar juda og`ir bo`lgani uchun bir burda non uchun kecha-yu kunduz tinmay yelib –yugurar edik. Do`stim bilan oilamiz uchun bir-ikki so`m bo`lsin deb har xil ishlarni qilar edik. Na ovqatimizni na yotarimizning tayini bor edi. Ertalab oyimiz yopgan qo`limizning kaftiday keladigan zog`ora nonini olib yesak to kechgacha yetardi. Do`stim bilan nimaiki qilmaylik oxiridagi noni yoki pulini teng ikkiga bo`lar edik. Hechqachon bir-birimizga xiyonat qilmaganmiz.

Yangiliklar :: I-chorak yakunlandi. Sarhisob...

3-11-2018, 13:54
​​​​Choraklik davomida o`quvchilarimiz erishgan yutuq va muvaffaqiyatlari uchun tuman xalq ta’limi bo`limi, tuman hokimligi, viloyat hokimligi faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig`ining “Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida fanlarni namunali o`zlashtirayotgan, ijobiy xulq-atvori, a’lo baholarga o`qishi bilan boshqalarga o`rnak bo`layotgan yoshlarni rag`batlantirish to`g`risida” gi 2018 yil 26 oktabr112 buyrug`iga asosan Viloyat hokimi faxriy yorlig`iga tavsiya etilgan va taqdirlangan o`quvchilar:
1.Matkarimova Hakima G`ayrat qizi (8-sinf)
Erishgan yutug`i: “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ijodiy ishlar respublika ko`rik-tanlovining viloyat bosqichida 2-o`rin;
2.Boboxo`jayeva Lobar Oybek qizi (10-sinf)
Erishgan yutug`i: Islom Karimov asarlari bilimdoni tanlovining viloyat bosqichida 2-o`rin.

Yangiliklar :: Maktabning eng kitobxon o`quvchisi

31-10-2018, 13:11
2018 yil 31 oktabr kuni maktab ma'naviyat zalida "Maktabning eng kitobxon o`quvchisi" ko`rik-tanlovi o`tkazildi. Ko`rik-tanlov 1-bosqichi ikki hafta oldin o`tkazilgan bo`lib unda maktabning 38 nafar o`quvchisi 30 ta o`zbek adabiyoti va 10 ta jahon adabiyoti asarlari bo`yicha tuzilgan 80 ta test savoliga javob bergan edilar.Keyingi bosqichlarga Test natijasiga ko`ra eng yuqori ball to`plagan 5 nafar o`quvchi to`plagan bali bilan yo`l oldi. Yakunda eng yuqori ball to`plagan 10-sinf o`quvchisi Masharipova Sabina g`olib deb topildi va maktab faxriy yorlig`i, 200000 UZS bilan taqdirlandi.


Yangiliklar :: O’quvchimning kelajagi uchun

26-10-2018, 13:56
O’quvchimning kelajagi uchun
Yurtimizda unib-o’sib kelayotgan iste’dodli , yosh nihollar juda ko’p.Ana shu nihollarni to’g’ri parvarish qilib, hayotda nimagadir erishishlarida biz ustozlar yo’l boshlovchi mayoq bo’lishimiz kerak.

--- :: Dono bilimdonlari

25-10-2018, 21:49
“Dono nashriyoti” tomonidan ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy nashrlarni o‘quvchilar orasida targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovda o‘quvchilarimiz faol ishtirok etdi. 
Назад 1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 70 Вперед
Maktabimiz faxrimiz
Gurlan tumanidagi 41-son U.O`.T. maktabi.

Ko'p o'qilgan

Май 2025 (1)
Март 2025 (2)
Февраль 2025 (1)
Декабрь 2024 (3)
Ноябрь 2024 (1)
Октябрь 2024 (4)

So'rovnoma

Qaysi fanlarga ko'proq qiziqarli? [?]