Hozirdan o`quvchilarim matematikani rus, ingliz tilida ham o'rganishi kelajakda foydali boʻladi deb o'yladim. Va aprel olimpiadasida ham rus, ingliz tilidagi test topshiriqlaridan foydalanishga qaror qildim. Oldingi olimpiadadan farqi shunda bo`ldiki, endi uchinchi o`nlikdagi test topshiriqlarining ham 5 tasi ingliz tilida berildi. Ya'ni 30 test savolidan 15 tasi o`zbek, 5 tasi rus, 10 tasi ingliz tilida berildi. Berilgan vaqt o`zgarmadi, ya'ni, 45 daqiqa. O'quvchilar bilan olimpiada vaqtigacha bir oy qolganda foydalaniladigan rus, ingliz tilidagi adabiyotlar sinflar telegramm guruhlariga tashlab berildi va qoʻshimcha mashgʻulotlar o'tildi. Bunda o'zimning OTM rus guruhiga hujjat topshirgan bitiruvchilarni matematikadan OTM kirish test savollariga tayyorlaganim, Xalqaro GMAT sertifikatini olish uchun qilgan tayyorgarliklarim yordam berdi.